Zimbabve hukumati sudyalar uchun 120 ming funt sterlingga pariklar sotib oldi

Mamlakatdagi mavjud koplab moliyaviy va iqtisodiy muammolarga qaramasdan, Zimbabve hukumati oz sudyalarini qolda tayyorlangan haqiqiy pariklar bilan taminlashga qaror qildi. Bu haqda Kommersant xabar beradi. Foto: APAfrikaning bir qator davlatlari, jumladan, Janubiy Afrika va Keniya Britaniya sud tizimining ushbu xususiyatidan voz kechgan bolsa-da, bu urf-odatni Zimbabveda saqlab qolishga qaror qilishdi. Shu bilan birga, mahalliy hokimiyat organlari kop bosh qotirmasdan, Britaniyaning sud tizimi uchun 100 yildan buyon eksklyuziv ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchisi bolgan Londondagi Stanley Ley kompaniyasiga buyurtma bergan.Kompaniya ustalari pariklarni qolda, ot yollaridan yasaydi. Har bir mahsulotni tayyorlashga ikki haftagacha vaqt ketadi. Shuning uchun bu mahsulotlar arzon emas 1329 funt sterlingdan 2495 funt sterlinggacha. Zimbabve hukumati birdan narxi 1850 funt sterlingga teng 64 dona parik buyurtma berdi. Shunday qilib, bu buyurtmaning umumiy narxi 120 ming funt sterlingni tashkil qildi. Pariklarning bir qismini Zimbabvega yetkazishga ulgurishdi.Biroq, mamlakatda davom etayotgan iqtisodiy inqiroz paytida, bu holat Zimbabve xalqi orasida hukumatga nisbatan nafrat uygotdi. Xalqaro advokatlar kengashining vakili ArnoldSunga: Zimbabve hukumati pulga muhtoj bolgan bir paytda pariklar uchun minglab funt sterlingga pul topishi bu jirkanchlik, dedi. Hozirda Londonda yashovchi zimbabvelik advokat Loyd Masipa, vatandoshlarining mustamlakachilik sarqitining galati xususiyatlariga sodiqligini takidlaydi. Koplab Zimbabve tashkilotlari otmishda qolib ketgan. Biz ozodlikka erishish uchun inglizlarga qarshi kurashdik, ammo hozir biz ularning qadriyatlarini ozlashtirmoqdamiz. Hatto inglizlar ham doimo bu qadriyatlarga amal qilmaydi, dedi Masipa.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0