Rossiyaning eng xavfli hududlari malum qilindi

Rossiyada 2018-yilda eng kop jinoyat Moskva shahrida sodir etildi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi malumotlariga asoslanib Sputnik xabar qilmoqda. Foto: SputnikRossiya poytaxti Moskvada 2018-yilda 140 mingta jinoyat qayd etilgan. Moskva viloyati 80,2 mingta jinoyatlar soni bilan ikkinchi orindan joy olgan. Eng kop sodir etilgan jinoyatlar soni boyicha Krasnodar olkasi (68,1 mingta) uchinchi orinni egallagan. Chelyabinskviloyati (64,8 mingta) va Boshqirdiston Respublikasi esa (57,4 mingta) keyingi orinlardan joy olgan.Malum bolishicha, eng kam jinoyat Chukotkada sodir etilgan va eng xavfsiz hudud deb etirof etilgan. Bu yerda 2018-yilda 748 ta huquqbuzarlik holati sodir etilgan. Ikkinchi orinda Nenets muxtor okrugi (857 ta jinoyat). Ingushetiya 1,6 mingta huquqbuzarlik korsatkichi bilan eng xavfsiz mintaqalar uchligiga kiritildi. Keyingi orinlarga Qalmogiston Respublikasi (2,7 ming) va Magadanviloyati (2,9 ming) sazovor deb topildi.2018-yilda jami 1,9 millionta jinoyat sodir etilgani qayd etilgan, bu 2017-yilga qaraganda 3,3 foizga kam.Jinoyatlarning yarmidan kopi ogrilik, yani ozganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish ekanligi malum qilindi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0