Ozbekistonda soxta dori-darmonlarni aniqlovchi mobil dastur ishga tushiriladi

Ozbekistonda Britaniyaning Crown Agents kompaniyasi bilan soxta dorilarni haqiqiysidan ajratuvchi mobil dasturni ishga tushirish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda Innovatsion sogliqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati xabar berdi. Foto: OzABunday tizimning ishlash tamoyili kopchilikka tanish. Telefon shtrixkodga yonaltiriladi hamda ishlab chiqaruvchi, sertifikatlash va dori ishlab chiqarilgan sana haqida malumot olinadi. Hech qanday malumot bolmasa, demak dori soxta.Crown Agents agentligining Markaziy Osiyo boyicha mintaqaviy menejeri Larisa Kokarevaning takidlashicha, innovatsion tizim birinchi navbatda tibbiy preparatlarni kuzatish imkonini beradi. Hozirda bunday tizim Birlashgan Arab Amirliklarida amalga oshirilmoqda va u birinchi bolishi mumkin. Ozbekiston ham ushbu tizimga ega bolgan birinchi davlatlardan biri bolishi mumkin.Ushbu tizim mutlaq yangilik bolib, u yakuniy holatida endi amalga oshiriladi. Ozbekiston ushbu texnologiyani joriy etgan mintaqadagi birinchi mamlakat bolishi mumkin. Bu loyiha, albatta, Ozbekiston uchun juda muhim, chunki bu mamlakatda tibbiyot, sogliqni saqlash va raqamli texnologiyalarni tibbiyotga joriy etishda katta yutuq boladi, deydi Larisa Kokareva.Ekspertning fikriga kora, tibbiy preparatlarni nazorat qilishga qaratilgan tizim, birinchi navbatda, Ozbekistonda qonuniy dori vositalari ishlab chiqarishga yol ochadi va qora bozor dorilariga tosiq qoyadi. Bu esa aholi sogligi uchun juda katta foyda keltiradi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0