Toshkentda dunyoda eng chiroyli va Ginnes kitobiga kiradigan favvorani qurish taklif etildi

Toshkentda dunyoda eng chiroyli va Ginness kitobiga kiradigan favvorani barpo etish taklif etildi. Bu haqda Mening fikrim portaliga tegishli murojaat joylashtirildi, deb xabar qiladi Sputnik. Foto: APMurojaat muallifi xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimini kopaytirish maqsadida Toshkent shahri hududidan oqib otuvchi kanal va anhorlarda 10-20 kilometrlik chiroqlarga boy bolgan musiqali, uzundan-uzun favvoralarni barpo etishni taklif qildi.Favvoralar dunyodagi eng uzun, chiroyli va innovatsion shaklga ega bolishi, bundan tashqari, suvdagi chiqindilarni tozalovchi texnologiyalar bilan jihozlangan bolishi lozim. Agarda ushbu favvoralar majmui bunyod etilsa, shubhasiz u Ginness rekordlari kitobidan joy oladi, anhor boyida aholi va sayyohlar uchun yanada maroqli dam olish imkoniyati ortadi, deyilgan murojaatda.Dunyodagi eng qimmat favvora Dubay shahrida barpo etilgan. Uning qurilishiga 218 million dollar sarflangan. Dubai Fountain binosi Ginness rekordlari kitobiga kiritilgan.Favvoraning uzunligi 275 metr bu uchta standart futbol maydoniga teng. Dubai Fountain har soniyada 83 tonna suvni osmonga purkaydi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0