Toshkentda baykerlar 7-aprel kuni motomavsumni boshlab beradi

Toshkent boylab 21 kilometr xayriya aksiyasi Ozbekistonda mototuristik mavsumni ochib beradi. U bir necha tadbirlarni oz ichiga olgan, deya xabar beradi poytaxt hokimligi matbuot xizmati. Foto: SputnikTadbir tashkilotchilari tomonidan sayohatda ishtirok etuvchi birinchi guruh ishtirokchilarining royxati shakllantirilgan. Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarining malakali mototsiklchilari 7-aprel kuni soat 11.00da Paxtakor metro bekati yonida toplanadi va soat 12.00da shahar boylab 21 kilometr masofada korgazmali namoyishga chiqadi.Soat 11.00da Anhor-Lokomotiv madaniyat va istirohat bogida ham mototuristik mavsum ochilishida ishtirok etishni xohlagan moto ishqibozlarini royxatga olish boshlanadi va ikkinchi guruh shakllantiriladi. Birinchi guruh boqqa yetib kelgach, ikkala guruh ishtirokida bog boylab motosayohat uyushtiriladi.Soat 12.30dan 16.00ga qadar Toshkent boylab 21 kilometr xayriya aksiyasi doirasida turli madaniy tadbirlar otkaziladi.Jumladan, Eng original mototsikl, Eng chiroyli moto, Qolda yigilgan eng yaxshi moto kabi nominatsiyalarda tanlov otkaziladi va goliblar tanlov tashkilotchilari tomonidan taqdirlanadi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0