Toshkentda zamonaviy avtoturargohlar va bekatlar tashkil qilinadi

Toshkent shahrida yol-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida Vazirlar Mahkamasiqarori loyihasi tayyorlandi, deb yozadi Sputnik. Foto: SputnikQaror loyihasida aytilishicha, Toshkent shahar hokimligi va Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahar hokimligi tuzilmasi tarkibida Toshkent transporti davlat unitar korxonasini tashkil etish taklifini maqullash kozda tutilgan.Toshkent transporti korxonasining asosiy vazifalari:- 20192021-yillarda jamoat transporti bekatlarining yagona konsepsiyasini joriy etish, ushbu bekatlarda nogironlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Wi-Fi va jamoat transporti kelishiga qolgan vaqtni korsatuvchi elektron tablo mavjudligi inobatga olinadi;- avtomobil turargohlarga avtoulovlarni kiritish (qoldirish) vaqtida, inson omilini istisno qiluvchi, avtomatlashtirilgan hisob-kitob va tolov tizimlarini joriy etish;- Toshkent shahrining parkovka hududini boshqarish boyicha yagona markaz tashkil etish;- yol harakati qoidalarini buzgan, parkovka tolovini tolamagan, yol-transport hodisalari sodir bolgan holatlarda avtomobillarni evakutsiya qilish uchun Toshkent shahar hokimiyatining evakutsiya xizmatini tashkil qilish;- shahar yol-transport infratuzilmasi va transport masalalari boyicha fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va qayta ishlash boyicha yagona call-markaz tashkil qilish;- Toshkent shahrining barcha svetofor obyektlarini onlayn rejimida boshqarish boyicha yagona markazning Yol harakati xavfsizligini kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimini tashkil etish;Qaror loyihasi 18-aprelgacha muhokama qilinadi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0