Sogliqni saqlash vaziri Buxorodagi sayyor qabulda 57 ta murojaatni ijobiy hal qildi

Buxoro viloyati Vobkent tumanida Sogliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov tomonidan viloyat tibbiyot muassasalari rahbarlari ishtirokida sayyor qabul otkazildi. Vobkent, Gijduvon, Shofirkon, Romitan, Peshku hamda Buxoro tumanlari fuqarolari qatnashgan mazkur tadbirda 57 nafar fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi. Bu haqda Sogliqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bolimi Daryoga xabar berdi. Foto: Sogliqni saqlash vazirligi axborot xizmatiXabarda aytilishicha, murojaatlarning asosiy qismi tugma yurak nuqsoni, tayanch-harakat azolari, asab tizimi, buyrak va nafas yollari xastaliklari yuzasidan bolgan. Ularning aksariyati imtiyozli asosda viloyat tibbiyot muassasalari va respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida davolanishi belgilangan.Jumladan, yurak jarrohlik amaliyoti orqali davolanishda amaliy yordam soragan vobkentlik Maftuna Ergashevaga Respublika ixtisoslashtirgan jarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga davolanish va operatsiya qilish uchun imtiyozli asosda yollanma berilgan. Nogironlik aravachasiga ehtiyoji bor yana bir vobkentlik Jalil Jurayevga shu yerning ozida nogironlik aravachasi taqdim etilgan.Shofirkon tumanidan Ogiloy Kamolova esa bosh miya xastaligi bilan ogrigan nabirasi Mirzohid Xayrulloyevning davolanishi uchun amaliy yordam soragan. Ushbu murojaat yuzasidan viloyat tibbiyot muassasalaridan pediatr, psixiatr, nevropatolog, ortoped kabi yetakchi mutaxassislarni tumanga yuborib, bemorni chuqurlashtirilgan tibbiy korikdan otkazish, tajribali mutaxassislar ishtirokida konsilium qilgan holda viloyat yoki respublika tibbiyot muassasalarida davolash choralarini korish belgilangan.Sayyor qabulda romitanlik Dilmurod Saidovning muammosi ham yechim topgan. U ikki tomonlama koksartroz operatsiyadan keyingi holat tashxisi bilan davolanish va operatsiya uchun amaliy yordam soragan edi. Uni endoprotez bilan taminlash masalasi shu kunning ozida hal qilinib, viloyat kop tarmoqli tibbiyot markazida imtiyozli ravishda operatsiya qilish va davolash rejalashtirilgan.Eslatib otamiz, Ozbekiston Sogliqni saqlash vazirining virtual qabulxonasi tashkil etilgan bolib, fuqarolar vazirlikning rasmiy veb-sayti www.ssv.uz, shuningdek, ushbu internet manzilida korsatilgan elektron pochta yoxud telefon orqali mazkur virtual qabulxonaga togridan-togri murojaat yuborishi mumkin. Har bir murojaat shaxsan Sogliqni saqlash vaziri tomonidan korib chiqilib, nazoratga olinadi hamda qonun doirasida hal etiladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0