Osiyo taraqqiyot banki: Bu yil Ozbekistonda YaIM 5,2 foizga osadi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) 2019-yilda Ozbekiston yalpi ichki mahsuloti osish miqdorini yanada oshirdi, deb yozadi Sputnik. Foto: Sputnik2019-yilda Ozbekistonda YaIM osish surati 5,2 foizgacha oshadi. Otgan yil sentabrda ushbu korsatgich 4,9 foizga chiqishi taxmin qilingan edi. Shuningdek, 2020-yilda Ozbekiston iqtisodi osish surati 5,5 foizni tashkil qiladi, deyilgan OTB xabarida.OTB 2018-yilda Ozbekistonda YaIM osish surati 5,1 % darajasida qayd qilgan edi. 2019-yilda esa Ozbekiston iqtisodi osishi asosan investitsiyalar, qishloq xojaligi va eksport hajmi osishi hisobidan bolishi aytilmoqda.Xususan, mahsulot eksporti osishi 10 foizga, 2020-yilda 12 foizga oshishi kutilmoqda. Bundan tashqari oltin narxi oshishi va tabiiy gazga Xitoy tomonidan talabning barqaror saqlanib qolishi ham YaIM osishiga xizmat qilishi aytilmoqda.Shu bilan birga inflyatsiya, kredit tolovlari oshishi va tolov balansi taqchilligi kabi iqtisodiy xavflar ham albatta saqlanib qoladi, lekin biroz kamayadi.Xususan, tolov balansi taqchilligi hozirgi 7 foizdan 2020-yilga kelib 6,5 foizga, inflyatsiya esa 2018-yilda qayd etilgan 17,9 foizdan 2019-yilda 16 foizga va 2020-yilda 14 foizga tushishi mumkin.Eslatib otamiz, mart oyining boshida Xalqaro valyuta fondi ham Ozbekistonda invetitsion faollik tufayli YaIM 5,5 foizga osishini taxmin qilgan edi. Ozbekiston hukumati esa 2019-yilda iqtisod osishi 5,4 %, inflyatsiya 15,5 % miqdorida bolishini kutmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0