Germaniyada oqish osonmi? Ozbekistonlik talaba hikoyasi

Germaniya Yevropaning eng kozga koringan mamlakatlaridan biri hisoblanadi. U yerda tahsil olishni xohlamagan odam bolmasa kerak. Germaniyada oqish uchun nima qilish kerak? Qanday grantlar bor? Oqishga borgan talaba ham oqib, ham ishlashi mumkinmi?Bu haqda Daryoga Germaniyaning Shmalkalden amaliy bilimlar universiteti talabasi Muhammadsaid Fatullayev batafsil gapirib berdi. Foto: DaryoMuhammadsaid Fatullayev Samarqand viloyati Urgut tumanida tugilgan. U 24 yoshda, Germaniyaning Shmalkalden amaliy bilimlar universiteti xalqaro iqtisodiyot va biznes yonalishida grant asosida tahsil oladi. Rus, ingliz, nemis, turk va tojik tillarini mukammal biladi.Germaniyaga borishim haqidaAkademik litseyni bitirganimdan song, Toshkent Moliya institutiga hujjatlarimni topshirgandim. Ammo urunishlarim besamar ketdi. Tushkunlikka tushmay, ingliz tilini mukammal bilganim uchun xorijda oqishni maqsad qildim. Ilmiy va moliyaviy imkoniyatlarimni chamalab, talim olishim uchun mumkin bolgan mamlakatlar xaritasini tuzib chiqdim. Angliya, Amerika va oxiri Germaniyada toxtadim. Lekin bu mamlakatga togridan togri chiqish mushkul edi. Keyin Latviyaga ketishga qaror qildim. Shuni faxr bilan aytamanki, bu yer mening maqsadlarim yolida mustahkam koprik vazifasini otadi. Latviyada bir yarim yil vaqt mobaynida talim oldim. 2017-yil iyul oyida otkazilgan Erasmus exchange program tanlovining barcha bosqichlaridan otib, final bosqichiga yollanma oldim. Komissiya azolari tomonidan ingliz tilida yozgan inshoyim yuqori baholangani bois birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli otdim. Tanlovning ikkinchi bosqichi suhbat edi. Yaxshigina ter tokib, tayyorlandim. Suhbatda Yevropalik vakillar menga ozlarini qiziqtirgan savollarini berishdi. Shuni alohida aytishim kerakki, suhbatda intilish va istaklaringizni sodda va londa qilib hakamlar hayatiga tushuntirib bera olishingiz sizning grant yutish uchun imkoniyatlaringizni oshiradi. Xullas, tanlovda golib bolib, 2017-yil oktabrda Germaniyaga 6 oylik grant asosida oqishga keldim. Shu vaqt mobaynida nemis tilini V2 darajada organdim. Dekanimiz tavsiyaga kora Shmalkalden amaliy bilimlar universitetining xalqaro iqtisodiyot va biznes fakultetiga qabul qilindim. Foto: DaryoMen bilgan GermaniyaIlk bor Germaniyaga kelgan vaqtlarimda ozimni goyo boshqa dunyoga tushib qolganday his qilganman. Birinchi galda toza havosi yoqdi. Chunki, nemislar atrof-muhitga juda etiborli, jonivorlarga mehribon. Esimda, talabalar yotoqxonasi yonidagi bogda olmaxonni korib aqldan ozay degandim. Tabiatning noyob mavjudodlari, insonlardan qorqmasdan erkin yashashi meni hayratlantirgan. Men yashagan joy adirliklar yonbagrida joylashgani uchunmi ayrim hayvonot boglarida ham uchratish qiyin bolgan bugularni saharda korib qolaman. Bu ham tabiat nematlariga bolgan ehtiyotkorona munosabatdan deb bilaman.Odamlarining oziga xos prinsplari bor. Yani yoqmadimi qilmaydi, ipidan ignasigacha organmaguncha tinmaydi. Biroz qattiqqolroq, lekin dostlashib ketish muammo emas. Begonalarni ajratishmaydi. Foto: DaryoUlarning kasbiga bolgan muhabbati menga hayratlantirgan. Umuman kocha supuruvchisi ham ishini yurakdan bajaradi. Buncha maqtadi deb oylamang, oddiy ishlarini ham sifatli bajarganini kop kuzatganim uchun shunday deyapman.Nemislardan organadigan jihatlar kop. Tartibli, hamma narsani oz vaqtida, reja asosida qilishadi. Borgan kunimdan boshlab, shu xislatni ozlashtirib olganman. Shuning uchun doimo ishlarim unumli, baroridan kelaveradi.Imkoniyatlar nuqtayi nazaridan qaraydigan bolsak, Germaniya ayni talabgor mamlakat deyish mumkin. Chunki, aksariyat universitetlar tekin, darsdan keyin ishlashga sharoit bor.Bu yerda kompaniyalar kopligi bois, nemis tilini bilgan yaxshi kadrga ish muammo bolmaydi. Talabalar haftasiga 20 soat davomida ishlashi mumkin. Masalan, men oqishdan bosh paytlarimda xususiy maktabda 79-sinf oquvchilariga matematika va ingliz tilidan dars beraman. Topib tutishim kongildagidek. Xarajatlarimdan ortib, gohida boshqa davlatlarga ham sayohat qilib turaman. Xullas, intilgan talaba ozini bemalol taminlay oladi. Foto: DaryoAlbatta, hamma narsa ham mukammal bolmaydi. Ularning ham oziga yarasha minus taraflari bor. Meni eng xafa qiladigani, kopchilik oilalarda qariyalarni tashlab ketishadi yoki umuman qarashmaydi. Shuning uchun ham qariyalar uyi kop. Pensiya soligi ham oshib bormoqda. Sababi kopchilik orta yoshdagilar qariganda oilasi tashlab ketishidan, farzandlarisiz qolishdan qorqib, pensiya jamgarmalariga juda katta soliq tolashadi. Shuning hisobiga mamlakatda aholi ortasida tugilish kamaygan. Menimcha, odamlar farzandli bolishdan naf yoq deb oylashmoqda.Germaniyada oqish uchun qanday grantlar bor?Odatda kop grantlar, dasturlar Germaniya uchun keladi. Orinli bir savol tugiladi. Nega aynan Germaniyada grantlar kop?Birinchidan, nemislarning faol va izlanuvchan talabalarni dunyo boylab izlab topish va ragbatlantirishga bolgan etibori kuchli.Ikkinchidan, deyarli barcha talim bepul. Uchinchidan, talabalarni moddiy ragbatlantirish asosida nemis tilining dunyo boylab yoyilishini taminlash va iqtidorli talabalarni qulay infratuzilmaga ega bolgan kompaniyalarda ishlatishni maqsad qilgan. Ana shunday dasturlardan biri, nafaqat Germaniyada balki, butun Yevropada talabalar uchun eng mashhur va har tomonlama qulay bolgan dastur DAAD (Deutscher Akademischer Austauschdienst yoki German Academic Exchange Service) hisoblanadi. Har yili dunyo boylab, 29 ta yonalish boyicha yuz mingdan ortiq talabaga DAAD stipendiyasi tarqatiladi. Dastur tomonidan talim berish sifati past, oqsayotgan ayrim mamlakatlarga rivojlantirish uchun maqsadli kvotalar ajratiladi. Shuningdek, davlatlarning elchixonasi bilan hamkorlikda koplab musobaqalar ham tashkil qilinadi.Agar siz Germaniyaga oqish uchun grant yutolmasangiz, oz hisobingizdan ham borishingiz mumkin.Universitetda oqish osonmi?U yerdagi talim tizimi biznikidan keskin farq qiladi. Universitetim misolida bir qancha faktlarni hisobga olgan holda, Germaniyada oqish bir muncha qiyin degan bolardim.Sababi, birinchidan, oquv yili davomida faqat maruzalar otiladi. Darsni tinglash majburiy emas. Ozbekistondagi universitetlardagiday darsga kelgan, kelmagan talaba davomat qilinmaydi. Oqishga kelish ixtiyoriy lekin, oquv yili songgida barcha talabalar belgilangan imtihondan otishlari kerak. Foto: DaryoIkkinchidan, dars ikkita professor tomonidan otiladi va semestr songgida imtihon ikkala oqituvchiga topshiriladi. Yani bir fandan ikki bor sinovdan otasiz. Buni talabaga qulaylik tarafi shundaki, agar birinchi oqituvchidan yaxshi ball ololmasangiz, ikkinchidan olishingiz mumkin. Va ikkala ustozdan olgan baholaringiz reyting daftarchangizga qoyiladi. Uchinchidan, bir fandan 3 bora yiqilish bu oqish bilan butunlay xayrlashish degani. Buni magzini chaqqan talaba, albatta, har bitta fanni sinchkovlik bilan organadi. Foto: DaryoKontraktlar har bir viloyatning qonunlariga va universitetlarning salohiyatiga qarab belgilanadi. Lekin Germaniyaning aksariyat viloyatlarida oqish tekin. Men ham grant asosida tahsil olaman.Umuman olganda, Germaniyada Ozbekistondagiday talabalarga 3, 4, 5lik stipendiyalar berilmaydi. Lekin talabalar uchun koplab stipendiya dasturlari bor. Agar siz qattiq harakat qilib, iqtidor va qobiliyatlaringizni korsata olsangiz ularni yutib olishingiz mumkin. Yani grantni qolga kiritsangiz, bir yil davomida ortacha (dasturda belgilangan mablagga qarab) 450500 yevro atrofida stipendiya beriladi. Men ham bir yil oldin shunday dasturda golib bolib, yil davomida 660 yevro atrofida stipendiya olganman.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0