Dunyoning eng yaxshi aviakompaniyalari nomi ma’lum bo‘ldi

TripAdvisor sayyohlik agregatori sayyohlar ovoziga tayanib, dunyoning eng yaxshi aviakompaniyalarini aniqladi. Foto: ReutersSingapore Airlines aviakompaniyasi reytingga boshchilik qilgan. Reytingning ikkinchi pog‘onasidan — Qatar Airways joy olgan. Eng yaxshi beshta aviakompaniya qatoriga EVA Air, Emirates va Japan Airlines kompaniyalari kirgan.Shuningdek, Emirates aviakompaniyasi eng yaxshi birinchi darajadagi sinf uchun ham e’tirof etilgan. Eng yaxshi biznes-klass — Qatar Airways’ga tegishli. Eng yaxshi tejamkor sinf nomiga Air New Zealand sazovor bo‘lgan, eng yaxshi biznes-klass mukofoti ham Singapore Airlines’ga tegishli. Yevropadagi eng yaxshi aviakompaniya deb Virgin Atlantic topilgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0