Bokudagi musobaqada jarohatlangan ozbekistonlik bokschi Aliyor Noraliyev haqida malumot berildi

Havaskor boks boyicha Ozbekiston terma jamoasi azosi, -64 vazn toifasida Ozarboyjondagi Buyuk Ipak yoli xalqaro musobaqasida ishtirok etgan Aliyor Noraliyev mezbon sportchiga qarshi jang vaqtida boshidan jiddiy jarohat olib, tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga olib borilgani togrisida xabar berilgandi. Foto: InstagramGoSport muxbiri sportchi bilan boglanib, vaziyatga oydinlik kiritdi.Ozarbayjonlik bokschiga qarshi birinchi jangimning 1-raundidayoq raqib bilan boshimiz qattiq toqnashib ketdi. Osha vaqtda qisqa tanaffusdan song ozimga kelib, jangni davom ettirdim. Raqib ustidan galaba qozonib, allaqachon keyingi jangga ozimni tayyorlayotgandim. Kiyimlarimni almashtirib zalga qaytganimda ozimni biroz yomonroq his qildim va tashqariga chiqishga qaror qildim. Ammo tashqarida ham biroz ozimni yomon his qila boshladim. Kozim oldi qorongilashib keta boshladi. Yiqilishimni his qilib shifokorlar yoniga qarab yura boshladim. Lekin ulgurmadim Qolganini eslolmayman.Kozimni ochsam, Bokudagi shifoxonaning reanimatsiya bolimida yotibman. Nima bolganini avvaliga tushunmadim. Keyin sorasam, hushimni yoqotganim, tilim orqaga ketib qolganini aytishdi. U yerda ham shifokorlar tekshirishdi. MRT qilishdi. Ilgari ham kichik jarohatlar olganim bu safargi jiddiy jarohatga tasir qilganini aytishdi.Toshkentga keldik. Endi reja boyicha bu yerda ham MRT qiladigan boldik. Shifokorlar bilan maslahatlashib, yana ishlashda davom etamiz. Hozircha taxminan ikki oy davomida boks bilan shugullanmasligim kerakligini aytishdi.Aliyor Noraliyev, boks boyicha Ozbekiston terma jamoasi azosiYanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0