Soliq qomitasi: Yandeks.Taksi Ozbekistonda royxatdan otib, faoliyati uchun soliq tolashi kerak

Bugun 3-aprel kuni Xalqaro Press-klubning Ozbekistonda yolovchi tashishning yangi tartiblari: zamonaviy yondashuvlar va muammolar tahlili mavzusidagi navbatdagi sessiyasi bolib otdi, deb xabar berdi Daryo muxbiri Sevara Nishonova. Foto: Xalqaro press klubDavlat soliq qomitasi raisining birinchi orinbosari Mubin Mirzayevning malum qilishicha, Toshkent shahrida 5 mingta qonuniy litsenziya bilan faoliyat yuritayotgan haydovchilar bor. Viloyatlarda esa bu korsatkich yuqori.Mubin Mirzayev shu orinda Ozbekistonda bir yildan beri faoliyat yuritayotgan Yandeks.Taksi kompaniyasi soliq tolovchi sifatida royxatdan otmagani va davlatga soliq tolamayotganini malum qildi: Yandeks.Taksi Ozbekistonga soliq tolamaydi. Ularning brendi asosida faoliyat yuritadigan haydovchilar ham davlatga soliq to'lamaydi. Va servisning 10 mijozidan qariyb hech kim soliq tolamaydi. Yagona yol tizimni tartibga solish kerak. Kompaniya soliq tolovchi sifatida royxatdan otishi lozim. Shundan song u haydovchilarda litsenziya bor-yoqligini nazorat qilishi kerak.Transport vazirligi departament boshligi Ruslan Rozmetovning aytishicha, hozirda Ozbekistonda litsenziyali taksi haydovchilari uchun qator qulayliklar yaratilgan:Hozirda litsenziyali taksichilar uchun qoshimcha qulayliklar yaratilgan. Ular toxtash mumkin emas joylarda vaqtincha toxtashga ruxsat etiladi hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar ozlariga yaqin hududdan maxsus litsenziya olish imkoniyati yaratilgan.Qayd etilishicha, 2017-yilda Ozbekistonda 17900 nafar, 2018-yilda 24700 nafar taksichi ushbu faoliyat turi uchun litsenziya olgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0