Oliy sud: Toshkentdagi yirik bozor rahbarlari ishi boyicha sud davom etmoqda

Jinoyat ishlari boyicha Toshkent shahar sudida sudlanuvchilar Toshkent shahar savdo va ishlab chiqarish departamenti boshligi lavozimida ishlagan R. Abdumajitov, Toshkent oziq-ovqat zahirasi DK direktori lavozimida ishlagan R.Rasulov, Istemolda bolgan transport vositalari va ehtiyot qismlari Sergeli bozoril MChJ direktori lavozimida ishlagan D. Orifjonov, Navroz davlat qabullar uyi DK direktori lavozimida ishlagan D. Tillaxojayev, Yunusobod dehqon bozori AJ direktori lavozimida ishlagan O. Mustayev, Yunusobod dehqon bozori AJ direktori lavozimida ishlagan B. Yusupov, Orikzor savdo kompleksi MChJ direktori lavozimida ishlagan D. Muratov, Poytaxt Nastarin Gullari MChJ tasischisi B. Abdumajitov, Toshkent shahar hokimligi Binolardan foydalanish departamenti boshligi lavozimida ishlagan F. Mirxaydarov, Chorsu buyum savdo kompleksi AJ direktori lavozimida ishlagan I. Sabirov, Chilonzor buyum savdo kompleksi AJning yuk saqlash omborxonasida nazoratchi-kassir lavozimida ishlagan A. Odilov, Chilonzor buyum savdo kompleksi AJning shartnoma va nazorat bolimi boshligi lavozimida ishlagan Sh. Tursunov, Eski Juva dexqon bozori AJ direktori lavozimida ishlagan O. Masharipov, Chilonzor buyum savdo kompleksi AJ direktori lavozimida ishlagan D. Mirtojiyev, Bek topi savdo kompleksiMChJ direktori lavozimida ishlagan B. Toshmatov, Chilonzor buyum savdo kompleksi AJning yuk saqlash omborxonasi brigadiri lavozimida ishlagan S. Jamolov, Manzur guzari MChJ rahbari B. Rixsibayev, Toshkent Tantana Servis MChJ direktori lavozimida ishlagan M. Sultonov, Toshkent Sayohat Servis MChJ direktori M. Muminov, Imkon Agro MChJ direktori F. Ahmadjonov, vaqtincha ishsiz A. Usmonov va Z. Avazovlarga nisbatan jinoyat ishini korib chiqish boyicha ochiq sud bolib otmoqda. Bu haqda Daryoga Oliy sud matbuot xizmati malum qildi.Malum qilinishicha, mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari boyicha Toshkent shahar sudi sudyasi Sarvar Karimov raisligida hamda xalq maslahatchilari A. Nishonov va M. Miragzamovdan iborat sud tarkibida korib chiqilmoqda.Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 165 (tovlamachilik), 167 (ozlashtirish yoki rastrata yoli bilan talon-taroj qilish), 168 (firibgarlik), 184 (soliqlar yoki boshqa majburiy tolovlarni tolashdan boyin tovlash), 189 (savdo yoki xizmat korsatish qoidalarini buzish), 192-1 (xususiy mulk huquqini buzish), 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiistemol qilish), 208 (hokimiyat harakatsizligi), 209 (mansab soxtakorligi), 210 (pora olish), 228 (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 243 (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.Malumot uchun, otgan yilning avgustida Toshkentda Savdo departamenti va qator bozorlar rahbarlari hibsga olingandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0