Buxoroda Ichki ishlar vaziri sayyor qabullari davom etmoqda

2-aprel kuni Ozbekiston Prezidenti xalq qabulxonasi tomonidan Buxoroda tashkil etilgan ommaviy qabul jarayonida Ichki ishlar vaziri Polat Bobojonovning sayyor qabuli tashkil etildi. Foto: Buxoro viloyati IIB matbuot xizmatiBuxoro viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Quvvat Yarashovning Daryoga xabar berishicha, sayyor qabulning dastlabki kuni Buxoro shahar 3-sektor shtabida bolib otgan.Ichki ishlar vaziri Buxoro va Kogon shahri, Kogon, Jondor, Qorakol, Olot va Qorovulbozor tumanlarida yashovchi fuqarolar bilan ochiq muloqot otkazgan. Sayyor qabulda 149 nafar fuqarodan uy-joy olish va uy-joy qurilishidagi muammolar, mehnat va bandlik masalalarining yechim topmayotgani, fuqarolikni qabul qilish va fuqarolikdan chiqish, pasport olish va propiskaga otish, shuningdek, nogironlikdan aziyat chekish, pensiya taminoti va bolalar nafaqasini olish kabi sohalarga oid murojaatlar tushgan.Malum bolishicha, shundan 89 ta ijtimoiy-huquqiy va maishiy, 32 ta sobiq ichki ishlar organlari xodimlarini ishga qayta tiklash, 15 ta surishtiruv va tergov, 4 ta fuqarolik va pasport-viza, 5 ta mahkumning huquqiy holati masalalariga oid murojaatlar qabul qilingan. Sayyor qabul jarayonining birinchi kuni 59 ta murojaat oz joyida hal etilib, 89 ta murojaatning qayta korib chiqilishi nazoratga olingan. 6 nafar murojaat egasiga asoslantirilgan huquqiy tushuntirish berilgan. Foto: Buxoro viloyati IIB matbuot xizmatiSayyor qabul jarayonida bevosita ichki ishlar tizimiga dahldor 10 ta murojaat asosida dastlabki tergov harakatlari qayta tiklangan. 5 ta holat yuzasidan esa qoshimcha surishtiruv otkazish togrisida taqdimnomalar kiritilgan. Tadbirkorlik bilan shugullanish maqsadida murojaat qilgan 3 nafar fuqaroga imtiyozli kredit mablaglarini ajratish boyicha hujjatlar rasmiylashtirilgan. 2 nafar mahkum yashash hududiga yaqin bolgan jazoni ijro etish muassasalariga otkazilgan bolsa, 1 nafar xorijiy fuqaro hamda 1 nafar fuqaroligi bolmagan shaxslarga Ozbekiston Respublikasida yashash guvohnomalari rasmiylashtirib berilgan.1 nafar fuqaroning Ozbekiston fuqaroligini qabul qilish boyicha hujjatlari rasmiylashtirilgan. Men Buxoro shahrida yashayman. Ammo Ozbekistonning haqiqiy fuqarosi emasligim yuragimda kemtik edi. Bugungi sayyor qabul orzu-armonlarimni ushaltirdi. Ozbekiston Respublikasi pasportini qolimga oldim. Shunday imkoniyatlar yaratib berilgani uchun Ichki ishlar vazirligiga oz minnatdorligimni bildiraman, dedi Olim Ravshanov.Sayyor qabulda 4 nafar fuqaroga ozboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarni qonuniy rasmiylashtirish uchun mahalliy hokimiyatning qarorlari chiqarib berilgan. Foto: Buxoro viloyati IIB matbuot xizmatiSayyor qabul davomida mustaqil yura olmaydigan 5 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi hamda eshitish qobiliyati sust bolgan 3 nafar fuqaroga maxsus eshitish moslamasi berilgan. Bundan tashqari, 15 nafar fuqaroga Buxoro viloyat Bandlik bosh boshqarmasi orqali ishga joylashishi uchun yollanmalar berilgan.Shuningdek, Ozbekiston Prezidentining PQ 3680-sonli qarori asosida 3 nafar fuqarolar oz tomorqa yerlariga biriktirilib, ularga mehnat daftarchalari ochilgan holda ish bilan taminlangan.Eslatib otamiz, Ichki ishlar vazirining Buxorodagi sayyor qabuli bugun, 3-aprel kuni Vobkent tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida Buxoro, Vobkent, Gijduvon, Shofirkon, Romitan va Peshku tumanlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan otkazilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0