Termiz universitetining Denov filiali Tojikiston pedagogika universiteti bilan qo‘shma fakultet ochadi

Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universiteti rektori, tarix fanlari doktori, professor No‘monjon G‘afforiy taklifiga ko‘ra Termiz davlat universiteti Denov filiali vakillari Dushanbeda bo‘ldi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi. Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiUchrashuv chog‘ida TerDU Denov filiali bilan Tojikiston davlat pedagogika universiteti o‘rtasida qo‘shma fakultet ochish bo‘yicha memorandum imzolandi.Unga ko‘ra, filialda Tojikiston davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma fakultet faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.Bugungi kunda TerDU Denov filiali Tojikistonning 3 ta oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Bu davlatdan 4 nafar professor-o‘qituvchi Denovga kelib, yoshlarga ilm sirlarini o‘rgatmoqda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0