Megan Marklga malika Diananing tiarasini taqish taqiqlandi

Sasseks gersoginyasi Megan Marklning qaynotasi, shahzoda Charlz unga turmush o‘rtog‘i marhum malika Dianaga tegishli olmosli tiarani taqishni man qildi, deb yozadi “Korrespondent”. Foto: InforeaktorTiara bilan bog‘liq voqea o‘tgan yilning kuzida sodir bo‘lgan, ammo u haqda yaqinda ma’lum bo‘lgan. O‘shanda shahzoda Garri va Megan Markl Fijiga rasmiy tashrif bilan borgan, u yerda ularning sharafiga ajoyib ziyofat uyushtirilgan.Homilador gersoginya tadbir uchun malika Diananing tiarasini tanlagan, biroq shahzoda Charlz unga “kambag‘al mamlakatda hashamatni ko‘rsatib, g‘alati” ko‘rinishini aytib, bunga ruxsat bermagan.Buning uchun shahzoda Garri hatto otasi bilan janjallashib qolgan. Malika bu nizoga aralashishga majbur bo‘lgan. Yelizavetta II nevarasiga Megan “talab qilgan, ko‘ngli tusagan narsaga erisholmasligi”ni tushuntirgan. Foto: Google ImagesShunisi e’tiborga loyiqki, shu kungi tantanali kechaga Keyt Middlton shu tiarada tashrif buyurgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0