Bektemir Meliqoziyev professional boksga otadigan boldi

Havaskor boks boyicha Osiyo chempioni, Rio Olimpiadasi kumush medal sohibi, jahon chempionati sovrindori Bektemir Meliqoziyev faoliyatini professional boksda davom ettiradigan boldi. Bu haqda GoSport xabar berdi. Foto: Google ImagesSonggi vaqtlarda -81 kg vazn toifasida janglarda ishtirok etib kelayotgan Meliqoziyev kuni kecha AQShga jonab ketgan. Bektemir Meliqoziyev u yerda Mir boksa promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.Malumot uchun, mazkur promouterlik kompaniyasida bugungi kunda ozbekistonlik bir qator bokschilar, jumladan Shahram Giyosov (7 ta jang, 7 ta galaba, 6 ta nokaut), Murodjon Ahmadaliyev (5 ta jang, 5 ta galaba, 4 ta nokaut), Isroil Madrimov (2 ta jang, 2 ta galaba, 2 ta nokaut) va Bahodir Jalolov (5 ta jang, 5 ta galaba, 5 ta nokaut) shugullanib kelishmoqda. Bektemir aynan mana shu kompaniya bilan shartnoma tuzayotgan navbatdagi ozbekistonlik sportchi boladi.Eslatib otamiz,avvalroq havaskor boks boyicha jahon chempionati yollanmasini taqdim etuvchi Osiyo chempionati uchun Ozbekiston terma jamoasi tarkibi elon qilingan va undan Bektemir Meliqoziyev orin olmagandi.Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0