Xitoyda dafn marosimida yuz bergan gaz portlashida 66 kishi jarohatlandi

Xitoyning Xebey provinsiyasida marhumning dafn marosimida yuz bergan portlash oqibatida kamida 66 kishi jarohatlangan, deya xabar beradi “Vesti.ru”. Foto: YouTubeHodisa 31-mart kuni Bachjou shahridagi Kansyuan qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Dafn marosimidan so‘ng, qarindoshlar hovlida yig‘ilgan. Shu joyning o‘zida gaz balondan foydalangan holda oziq-ovqat tayyorlangan.Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash shlangdan sizib chiqqan gaz oqibatida sodir bo‘lgan.Hodisa yuzasidan ikki kishi hibsga olingan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0