Tailandda plyaj qutqaruvchisi lotereyada qariyb 1 million dollar yutib oldi

Pxuketda ishlaydigan plyaj qutqaruvchisi davlat lotereyasida 30 million bat (945 ming dollar) yutib oldi, deya xabar beradi “TASS”. Foto: pixabay.com32 yoshli Nara Nalak lotereya chiptalarini kamdan kam xarid qilishini ma’lum qilgan. “Bu safar men ko‘pdan beri tanigan chipta sotuvchisi bilan uchrashib qoldim va 767 raqamlarni qiziqarli kombinatsiya deb hisoblab, bir nechta chiptalar to‘plamini sotib oldim”, — dedi u. Bu mening ilk bor bir nechta chiptalarni sotib olishim edi”.Qutqaruvchi g‘alabasidan juda hayratga tushganini, lekin sevimli ishini davom ettirishini qo‘shimcha qilgan. “Yutgan pulimni otamga beraman hamda ikki farzandimning ta’lim olishiga va uyimni ta’mirlashga sarflayman”, — deya qo‘shimcha qildi Nalak.Tailand davlat lotereyasi har oyda ikki marotaba o‘tkaziladi va Tailandda taqiqlanmagan o‘yin sanaladi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0