Yer aholisining soni 7,7 milliardga yetdi

BMT Bosh kotibining hisobotiga kora, 2019-yilda Yer aholisi 7,7 milliard kishini tashkil qiladi va 2050-yilga borib 9,7 milliard kishiga yetadi, deya xabar beradi Interfaks. Foto: BagnetNyu-Yorkdagi BMT markazida boshlangan aholishunoslik boyicha komissiyaga taqdim etilgan hisobotga kora, aholi sonining osishi, qarish, kamayib borayotgan tugilish va tezkor urbanizatsiya bilan kuzatiladi.Hozirda dunyoda ortacha tugilish darajasi ayol boshiga 2,5 bola, 2030-yilga kelib ayol boshiga ortacha 2,4 bolaga togri keladi.Prognozlarga kora, 2050-yilda dunyo aholisining 70% dan ortigi tugilishning umumiy darajasi aholi sonini kopaytirish zarur bolgan mamlakatlarda yashaydi.65 va undan katta yoshdagi aholining umumiy aholi sonidagi ulushi ortib bormoqda.Hozir ular Yevropada 19%, Shimoliy Amerikada 16%, 2050-yilga borib bu korsatkich mos ravishda 28% va 23% gacha ortadi. Ushbu davrda Osiyo, Lotin Amerikasida va Karib dengizida keksalarning ulushi 8% dan 18% gacha oshishi kutilmoqda. Bugungi kunda eng yosh aholiga ega bolgan Afrikada, 2050-yilga kelib, qariyalar ulushi 9 foizni tashkil etadi.Ayni kunda jahon aholisining taxminan 56 foizi shaharlarda yashaydi. Kelajakda aholining osishi 2030-yilda dunyo aholisining 60 foizini, 2050-yilga borib qariyb 68 foizni tashkil etadigan shahar aholisi sonining kopayishi hisobidan yuz beradi.Songgi 25 yil mobaynida butun dunyo boylab aholi farovonligi sezilarli darajada oshdi. Kambagallik darajasi past bolgan aholi soni sezilarli darajada pasaygan, onalar olimi 40% ga qisqargan, umr korish davomiyligi sezilarli darajada oshgan.1994 va 2019-yillar orasida besh yoshgacha bolgan bolalar olimi 54% ga kamaydi.Dunyo boylab umr korish davomiyligi 1994-yilda 64,9 yoshdan 2019-yilgacha 72,3 yilgacha oshdi va 2030-yilga kelib yana 2 yilga kopayadi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0