Ozbekistondagi tuman va shaharlarda bittadan markaziy madaniyat markazlari tashkil etiladi

Hukumat qarori bilan Madaniyat markazlari togrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi. Nizomga muvofiq, tuman va shaharlarda bittadan markaziy madaniyat markazlari, qishloq va shaharlarda ham aholi soni 7 mingdan ortiq bolganda madaniyat markazlari tashkil etiladi, bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanali xabar bermoqda. Foto: Zarnews.uzMarkazlarning asosiy vazifasi madaniy xizmat korsatish sifatini yaxshilash va aholining bosh vaqtlarini mazmunli otishini taminlashdan iborat.Markazlar madaniyat boshqarmalari va bolimlari tomonidan tayinlanadigan direktor tomonidan boshqariladi.Markazlarda 33 yonalishda togaraklar, 9 ta studiya, 6 ta kurs, 8 ta qiziquvchilar klublari, 7 ta badiiy havaskorlik jamoalari tashkil etiladi.Markazlar faoliyati samaradorligi baholanib boriladi hamda aniq baholash tizimini joriy etish maqsadida onlayn elektron taminot bazasi ishlab chiqiladi. Mazkur tizim 2020-yil 1-yanvardan tatbiq etiladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0