Toshkentda Karvon bozori sobiq direktorining uyi 35 mlrd som boshlangich narx bilan savdoga qoyildi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi suv boyida joylashgan, Orikzor dahasidagi ulgurji Karvon bozorining sobiq direktori Dmitriy Limga tegishli bolgan kochmas mulk obyekti savdoga qoyildi. Bu haqda OzA xabar berdi. Foto: OzAMazkur uy-joy majmuasining boshlangich narxi 35 536 900 759 som etib belgilangan.Uchtepa tumani, Sakkokiy kochasi, 3-a uydagi bino va inshoot. Umumiy maydoni 4,3000 gektar, inshoot maydoni 20628 kvadrat metr.Auksion otkazilish sanasi 2019-yil 29-aprel. Foto: OzAEslatib otamiz, onlayn-auksion imkoniyatlari yanada kengaygan. Ozbekiston Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi farmoniga kora E-IJRO AUKSION elektron savdo maydonchasida quyidagi savdolar amalga oshiriladi: davlat mulki obyektlarini (aksiyalardan tashqari) sotish boyicha auksionlar; 2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat kochmas mulk obyektlarini ijaraga berish boyicha auksionlar. Bundan tashqari, 1 somga teng qiymatdagi boshlangich narx boyicha qoyilgan davlat kochmas mulk obyektlari ular toliq sotilmagunga qadar savdolardan olinmaydi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0