Shavkat Mirziyoyev: ayollarning jamiyatdagi ornini, Ozbekiston erishayotgan yutuqlardagi beqiyos hissasini hech narsa bilan olchab bolmaydi

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagishlab otkazilgan tantanali marosimdagi nutqini taqdim etdi. Foto: Ozbekiston Prezidentining matbuot xizmatiAssalomu alaykum, muhtarama opa-singillar!Hurmatli dostlar!Bugun mana shunday dilbar, qutlug bahor ayyomida siz, munis onalarimiz, hurmatli opa-singillarimiz, suluv qizlarimizni ozlaringiz kabi gozal bayramingiz Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.Sizlarning timsolingizda butun Ozbekiston xotin-qizlarini tabriklab, barchangizga chuqur hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarimni bildiraman.Qadrli yurtdoshlar!Hammamiz yaxshi tushunamiz, Mehr hayotning ustuni, degan sozlarda chuqur mano va mazmun mujassam.Bu haqda gapirganda, muqaddas ona, ayol zoti chinakam mehr bulogi, mehr quyoshi, desak, har tomonlama togri boladi. Shu quyosh bor ekan, mehr-oqibat, ezgulik va adolat, vafo va sadoqat kabi buyuk qadriyatlar necha asrlardan buyon bezavol yashab kelmoqda.Shu bois bugungi quvonchli ayyomda avvalo dunyoda fidoyi degan sozga eng munosib bolgan Ona siymosi oldida tazim qilamiz. Hayotimiz quvonchi, xonadonlarimiz korki bolmish aziz ayollarimiz shaniga eng gozal tilaklarimizni izhor etamiz.Yer yuzida soz va soz sanati, shoiru hofiz, rassom va haykaltarosh paydo bolibdiki, ona va ayol zoti yuksak pardalarda tarannum etib kelinadi. Ulug shoirimiz Erkin Vohidov aytganlaridek, Olamda ayol madhiga doston tugamaydi. Chunki, ayol siymosi Yaratganning tengsiz mojizasi bolib kelgan va hamisha shunday bolib qoladi.Bizga mana shu yorug, gozal olamni yanada gozal va yorug qilib turganlaringiz uchun katta rahmat sizlarga!Biz Ozbekistonning mard oglonlari, er yigitlari siz, azizlarga bolgan hurmatimiz, mehr va muhabbatimizni oilalarimiz, el-yurtimiz hayotini yanada obod va farovon qilishga qaratilgan amaliy ishlarimiz bilan izhor etishga intilmoqdamiz.Biz xalqimiz roziligini avvalo, siz, muhtarama onalarimiz, opa-singillarimizning roziligi deb tushunamiz. Sizlarning sog-salomat bolib, baxtli bolib yashashing?izni amalga oshirayotgan barcha-barcha islohotlarimizning asosiy maqsadi va mezoni deb bilamiz. Bu yolda erishgan natijalarimiz faqatgina birinchi qadamlar bolib, sizlarning qollab-quvvatlashingiz, duolaringiz, hech shubhasiz, bizga cheksiz kuch-gayrat bagishlaydi.Qadrli opa-singillar!Malumki, hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining qariyb 50 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Lekin sizlarning barcha sohalardagi samarali mehnatingiz, farzandlar tarbiyasi, oila hayotidagi ulkan xizmatlaringizni hisobga olib aytadigan bolsak, jamiyatdagi orningiz, Ozbekistonimiz erishayotgan yutuqlardagi beqiyos hissangizni hech narsa bilan olchab, baholab bolmaydi.Bugungi kunda davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1 ming 400 ga yaqin opa-singillarimiz rahbarlik lavozimlarida ishlamoqda. Xotin-qizlarning ulushi sogliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 82 foizdan ziyodni, ilm-fan, talim-tarbiya, madaniyat va sanat sohalarida 72 foizni, qishloq xojaligida 45 foizdan ortiqni, sanoatda 38 foizni tashkil etmoqda. Va sizlarning sidqidildan qilayotgan mehnatlaringiz davlatimiz, xalqimiz tomonidan munosib taqdirlanmoqda.Mustaqillik yillarida 2 ming 180 nafardan ortiq xotin-qizlarimiz yuksak davlat mukofotlariga sazovor bolgani ham shundan dalolat beradi. Ularning orasida onlab Ozbekiston Qahramonlari, Fan arboblari, Xalq oqituvchilari, Xalq shoirlari, Xalq artistlari borligini alohida takidlab aytmoqchiman. Bugungi davramizda turli jabhalarda astoydil mehnat qilayotgan ana shunday jonkuyar, oqila, mehr-oqibatli ayollarimizni, ularning davomchilari bolgan istedodli qizlarimizni korib turganimdan xursandman. Ularning barchasi Ozbekiston insoniy salohiyatining oltin fondini tashkil etadi, desak, hech qanday mubolaga bolmaydi.Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi, yanada yuksak bosqichga kotarish yolidagi samarali mehnatingiz, ezgu fazilatlaringiz bilan hammaga ornak bolib kelayotganingiz uchun sizlarga oz nomimdan, kopmillatli butun xalqimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildiraman.Hurmatli yurtdoshlar!Barchangizga malumki, biz Xotin-qizlarni qollab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida Prezident farmonini qabul qildik. Otgan qisqa davrda ushbu farmon doirasida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 1 ta farmoni, 2 ta qarori, hukumatimizning 6 ta qarori va 4 ta farmoyishi qabul qilindi.Ana shu hujjatlar asosida ilgari imkoniyatlari cheklanib, faoliyati susayib qolgan Xotin-qizlar qomitasi va uning hududiy bolimlari butunlay yangi asosda tashkil etildi.Ularga qoshimcha vakolat va imkoniyatlar berilib, samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Hozirgi kunda ushbu tizimda katta bilim va hayotiy tajribaga ega bolgan 10 mingdan ortiq opa-singillarimiz xizmat qilmoqda.Xotin-qizlar qomitasining hududiy bolimlari qoshida Huquqshunos ayollar, Ilm-fan va ayol, Ijodkor ayollar, Tashabbuskor ayollar, Ayol va salomatlik, Faxriy ayollar jamoatchilik uyushmalari tashkil etildi. Yil ayoli, Ibratli oila tanlovlari otkazilmoqda. Eng asosiysi, amalga oshirilgan ana shunday muhim chora-tadbirlar bugun oz samarasini bermoqda.Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi va yurtimizdagi siyosiy partiyalar ortasidagi hamkorlik kuchaytirilib, 3 mingga yaqin yetakchi xotin-qizlardan iborat kadrlar zaxirasi shakllantirilgani etiborga loyiqdir. Ayni vaqtda ijtimoiy faol ayollarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlab borish, ularni oqitish, malakasini oshirish tizimi yaratilmoqda. Bularning barchasi mamlakatimizda xotin-qizlar harakati katta salohiyat va istiqbolga ega ekanini korsatadi.Xabaringiz bor, bu yil yurtimizda milliy parlamentimiz va mahalliy kengashlarga saylovlar bolib otadi. Ana shu saylovlarga ayollarimiz ham katta tayyorgarlik kormoqda.Shu maqsadda joylarda Deputatlikka start aksiyalari tashkil etilayotganini biz albatta qollab-quvvatlaymiz.Sizlarga malumki, hozirgi paytda mamlakatimiz deputatlar korpusining 30 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Otgan ikki yillik tajribamizni, ayollarning siyosiy ongi va saviyasi oshib borayotganini inobatga olib, bu raqamni ancha kopaytirsak, oylaymanki, adolatdan boladi.Xotin-qizlar qomitasining xalqaro faoliyati ham kuchayib bormoqda. Masalan, yangi tuzilgan Ozbekiston ixtirochi ayollari markazi tashabbusi bilan yurtimiz olimalari otgan yili Koreya Respublikasida tashkil etilgan xalqaro forumda munosib ishtirok etdilar.Muhtaram dostlar!Bugungi davramizda Ozbekistonda faoliyat korsatayotgan Fransiya Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Violen de Vilmor, Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakolatxonasi rahbari Xelena Freyzer, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining mamlakatimizdagi turli vakolatxonalarining rahbarlari bolgan Ashita Mittal, Miyeko Yabuta, Lian Kuppens, Mariya del Pilar Alvarez-Laso xonimlarni korib turganimizdan goyat mamnunmiz.Mamlakatimiz bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga munosib hissa qoshayotgan ana shu hurmatli mehmonlarimizni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan qutlab, ezgu tilaklarimizni bildirishga ijozat bergaysiz.Aziz opa-singillar!Barchangizga malumki, biz uchun mehr-muhabbat qorgoni bolgan oila institutini mustahkamlash keyingi paytda yurtimizda davlat siyosati darajasiga kotarildi. Ana shu siyosatni belgilaydigan muhim hujjat Ozbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi qabul qilindi. Mazkur konsepsiyani hayotga tatbiq etish maqsadida Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi qayta tashkil etildi.Oila masalasini kompleks organib, mavjud holatni tahlil etish, monitoring qilish va baho berishga, ilmiy tadqiqotlar orqali oila farovonligini oshirishga xizmat qiladigan yangi tizim yaratildi.Ilgari Adliya vazirligi tasarrufida bolgan fuqarolik holatiga oid hujjatlarni qayd etish idoralari tuman va shahar hokimi orinbosari Xotin-qizlar qomitasi raisiga boysundirildi. Hozirgi vaqtda ular tomonidan oila institutini mustahkamlash, ajralishlarning oldini olish boyicha faol ish olib borilmoqda.Albatta, bu borada belgilangan chora-tadbirlarning mazmuni, sifati va samarasini oshirish uchun hali kop ish qilishimiz kerak. Bugungi kunda izchil amalga oshirilayotgan Obod qishloq va Obod mahalla, Yoshlar kelajagimiz, Har bir oila tadbirkor kabi dasturlar ayni shu maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.Bugun Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qollab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar togrisidagi qarorni imzoladim.Bu qarorda ayollarning mehnat va pensiya sohasidagi huquqlari, gender tengligini taminlash boyicha mutlaqo yangi kafolatlar belgilab berilmoqda. Ayollarga oz biznesini tashkil etish, biznes goyalarini tayyorlashda yordam berish, uzoq vaqt davomida bola tarbiyasi bilan band bolgan, ogir iqtisodiy ahvolga tushib qolgan ayollarni talab katta bolgan kasbga tayyorlash va ishga joylashish uchun ularga komaklashish maqsadida Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari tashkil etilmoqda. Ayollarga tadbirkorlik bilan shugullanishlari uchun 100 milliard som ajratiladi. Bu mablag ularga imtiyozli kredit sifatida beriladi. Mazkur mablaglarning kamida 50 foizi qishloq joylarda yashayotgan xotin-qizlar ortasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yonaltiriladi.Biz opa-singillarimizni har tomonlama qollab-quvvatlash maqsadida bu boradagi ezgu ishlarni bundan buyon ham davom ettiramiz.Qadrli yurtdoshlar!Xalqimizda El sogligi yurt boyligi degan maqol bor. Haqiqatan ham, tinchlik bilan sogliqni asrasak, qolgan hamma narsaga erishamiz.Bu masalada hurmatli ayollarimizning salomatligini mustahkamlash biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.Hozirgi paytda barcha hududlarimizda perinatal, skrining, reproduktiv salomatlik va diagnostika markazlari faoliyat korsatmoqda. Tugruq bolimlari, kop tarmoqli poliklinikalar va qishloq oilaviy poliklinikalari soni ortib bormoqda. Ushbu tibbiyot maskanlarida ayollar va qizbolalar yil davomida chuqurlashtirilgan korikdan otkazilib, ularga doimiy patronaj xizmati korsatilmoqda. Bu esa onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash uchun zamin yaratishi shubhasiz.Xotin-qizlarda uchraydigan kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolash ishlari samarali tashkil etilayotgani tufayli ayollar ortasida kasalliklar qariyb 2 barobar, onalar olimi 3 marta, godaklar olimi esa salkam 4 marta kamaydi. Otkazilgan skrining tekshiruvlari natijasida 2018-yilda 5 ming nafar chaqaloqda ogir nuqsonlar bilan tugilish xavfi bartaraf etildi.Otgan yildan boshlab biz bu borada yana bir katta ishni boshladik. Yani, barcha shahar va tumanlar, ayniqsa, uzoq va borish qiyin bolgan hududlardagi markaziy poliklinikalar va qishloq oilaviy poliklinikalari qoshida ayollar uchun maslahatxonalar va bolalar salomatlik markazlari tashkil qilinmoqda.Yaxshi bilasizlar, men Bogchaga borgan bola bilan bogchaga bormagan bolaning ortasida katta farq bor, degan fikrni, hayotiy haqiqatni takror-takror aytishdan, uni hamma joyda davat qilishdan charchamayman. Otgan davrdagi ikki yillik tajribamiz va joylarda aholi bilan olib borayotgan muloqotlarimizdan kelib chiqib, ana shu fikrga qoshimcha qilib aytmoqchiman: Bogchaga borgan bolaning onasi bilan bogchaga bormagan bolaning onasi ortasida ham katta farq bor. Chunki har kuni tarbiyachilar, pedagog mutaxassislar, psixologlar, tibbiyot xodimlari bilan muloqotda bolib, bolasidagi ijobiy ozgarishlarni korib, onalarning ham bilimi, hayotiy tajribasi, madaniy saviyasi oshadi. Bolalari bilan birga ular ham ijtimoiy-manaviy tarbiya muhitiga, jamiyatga yaqinlashadi, faollashadi. Shularning barchasini hisobga olib, biz maktabgacha talim sohasiga ulkan etibor bermoqdamiz.Oylaymanki, mehribon onalar, buvijonlar sifatida buning ahamiyatini sizlar hammadan kora koproq tushunasizlar.Bugungi kunda mamlakatimizda 7 ming 104 ta maktabgacha talim maskani faoliyat korsatmoqda. Keyingi 2 yil davomida 2 ming 211 ta yangi bogchalar tashkil etilib, ularga qoshimcha 243 ming bola qabul qilindi. Boshqacha aytganda, yurtimizda bogcha yoshidagi bolalarni maktabgacha talim muassasalari bilan qamrab olish darajasi songgi bir yarim yilda 12 foizga oshib, 38 foizni tashkil etmoqda.Biz yaqin 4-5 yilda yurtimizdagi bogcha yoshidagi barcha bolalarni maktabgacha talim muassasalariga toliq qamrab olish vazifasini oz oldimizga maqsad qilib qoyganmiz. Bu bizning ayollarimiz, bolalarimiz oldidagi qarzimiz, kerak bolsa, kelajak oldidagi muqaddas vazifamiz va biz uni albatta ado etamiz.Oliy talim sohasida ham katta ozgarishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Hindiston, Italiya, Singapur, Latviya kabi davlatlarning 14 ta universitet va institutlarining filiallari faoliyat korsatmoqda. Bundan tashqari, viloyatlarda tashkil etilgan respublika oliy oquv yurtlarining 23 ta bolimi ham ish olib bormoqda.Bugungi kunda yurtimizdagi oliy talim maskanlarida 373 ming 500 ga yaqin yoshlarimiz talim olmoqda. Ulardan 168 ming 470 nafarini, yani, 45,1 foizini qizlar tashkil etishi alohida etiborga loyiq.Hurmatli anjuman ishtirokchilari!Mamlakatimizda bolalar va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularning bilim olishi, mehnat qilishi, munosib hayot kechirishini taminlash boyicha erishilayotgan natijalar nafaqat yurtimiz aholisi, balki xalqaro hamjamiyat, xususan, Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan ham etirof etilmoqda.Bu borada bazi misollarga etiboringizni qaratmoqchiman.Oxirgi ikki yilda xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida kreditlar ajratish hajmi 2 barobar oshirildi.Qiyoslash uchun aytadigan bolsak, agar 2014-2016-yillarda tijorat banklari tomonidan xotin-qizlarga tadbirkorlik uchun jami 3 trillion 800 milliard som kredit ajratilgan bolsa, birgina 2018-yilning ozida esa bu korsatkich 3 trillion 361 milliard somni tashkil etdi.Oylaymanki, mana shu raqamlarning ozi ham kop narsadan dalolat beradi.Bundan tashqari, yangi tashkil etilgan Xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qollab-quvvatlash jamoat fondi mablaglari hisobidan yillik tolovi 7 foiz bolgan imtiyozli kreditlar berish tizimi joriy etildi. Bu maqsadlar uchun otgan yili 50 milliard som ajratildi. Bu esa ayollarning oiladan, farzand tarbiyasidan ajralmagan holda, hunarmandlik, kasanachilik, tomorqa xojaligi bilan shugullanishi uchun zarur sharoitlar yaratib berishga xizmat qiladi.Xotin-qizlar qomitasi tashabbusi bilan joylarda 2018 yilda 2 mingdan ziyod kichik sex tashkil etilib, 18 mingga yaqin xotin-qizlar ish bilan taminlandi.Andijon, Namangan, Fargona viloyatlarida Hunarmand uyushmasi bilan hamkorlikda Ustoz-shogird tizimi asosida ishsiz xotin-qizlar bandligini taminlash yolga qoyildi. Hozirgi vaqtda bu tajribani barcha hududlarda qollash boyicha ish olib borilmoqda.Xotin-qizlarning haq-huquqlarini himoya qilish maqsadida hududlarda zorlikdan jabr? korgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boyicha 155 ta markaz, Ishonch telefonlari tashkil etildi.Xabaringiz bor, otgan qisqa davrda yurtimizda uyma-uy yurib, ijtimoiy-manaviy muhitni organish, mavjud muammolarni hal etish boyicha samarali tizim yaratildi. Ushbu tizim asosida 2018-yilda 47 ming 690 nafardan ortiq ogir sharoitda yashayotgan, shuningdek, 13 ming 344 nafar nogironligi bolgan xotin-qizlarning muammolari joyida organildi.Korilgan chora-tadbirlar natijasida ana shunday xotin-qizlarning 14 ming 750 nafardan ziyodiga tibbiy yordam korsatildi, 13 ming 636 nafari ishga joylashtirildi, 24 ming 660 nafardan ortigiga 21 milliard 540 million somga yaqin moddiy yordam berildi. Shu toifaga mansub, uy-joyga ehtiyoji bolgan opa-singillarimizga 4 mingga yaqin arzon uy-joylar topshirilib, davlat tomonidan ularning boshlangich badallari tolab berildi. Ana shu turar-joylar atrofida tikuvchilik sexlari tashkil etilib, qariyb 1 ming nafar xotin-qizlar ish bilan taminlandi.Biz bu ishlarni bundan buyon ham albatta izchil davom ettiramiz. Jumladan, 2019-yilda 1 ming 576 nafar sharoiti ogir xotin-qizlar uy-joylar bilan, shu toifaga mansub 13 ming nafardan ziyod qizlar ish bilan taminlanadi.Xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qollab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ogir sharoitda yashayotgan, nogironligi bolgan 1 ming 460 nafardan ziyod xotin-qizlarga arzon uy-joylar uchun 54 milliard 580 million somdan ortiq boshlangich badallar tolab berildi.Albatta, haqiqatan ham komakka muhtoj bolgan bunday ayollarga keyingi 10 yilda arzon uy-joylar berilganini hech kim eslay olmasa kerak. Chunki bunday tizimning ozi yoq edi.Shuningdek, joriy yilda ogir ijtimoiy ahvolda yashayotgan, nogironligi bolgan 15 ming 282 nafar ayolga tibbiy yordam korsatiladi. Shu toifaga kiradigan 10 mingga yaqin xotin-qiz nogironlik aravachasi, eshitish va harakatlanish vositalari bilan taminlanadi.Ayollarning mehnat va turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan bunday misollarni yana koplab keltirish mumkin. Lekin ozining uy-joyiga, ish orniga ega bolgan har bir ayolning ortida oilasi, farzandlari, ota-onasi, yaqinlari borligini hisobga oladigan bolsak, qancha xonadonga quvonch kirgani, qancha odamning ruhi kotarilib, ularda hayotga, kelajakka ishonch paydo bolgani biz uchun eng muhim natijadir.Muhtaram yigilish ishtirokchilari!Barchangiz yaxshi bilasiz, xalqimiz, millatimiz qiz farzandlarini doimo asrab-avaylab, mehr bilan voyaga yetkazadi.Ularni ona qizim deb ardoqlaydi. Chindan ham, qizlarimiz bizning kelajagimiz, millatimiz genofondini asraydigan, munosib davom ettiradigan insonlardir va ularni jismoniy hamda manaviy barkamol etib tarbiyalash ezgu burchimizdir.Ayniqsa, hozirgi kunda qizlarimizga zamonaviy talim, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiya berish, ularni kasb-hunarga orgatish, oilaga tayyorlash ota dolzarb ahamiyat kasb? etmoqda. Shu maqsadda barcha talim maskanlari va mahallalarda faoliyat korsatayotgan Qizlarjon, Qiz bola va yosh oila, Mustaqil hayot ostonasida, Orasta qizlar kabi klublar faoliyatini real hayotga, yoshlarimizning orzu-intilishlariga yanada yaqinlashtirish kerak, deb oylayman.Shu orinda yaqinda Namangan viloyatida aytgan bir fikrimni yana takrorlamoqchiman.Agar siz farzandingizga dangillama uy qurib bersangiz vaqti-soati kelib, u eskirishi mumkin. Agar eng zor mashina olib bersangiz uyam tez orada eskirishi mumkin. Agar unga moddiy boylik, pul qoldirsangiz uyam bir kun sarf bolib tugashi mumkin. Ammo dunyoda hech qachon eskirmaydigan, yoqolmaydigan bebaho bir boylik borki, u ham bolsa, farzandingizga bergan bilim va hunardir. Lekin bilim va marifatni qayerdan, nimadan olish mumkin? Avvalo, kitob degan xazinadan.Men yurtimiz yoshlari ortasida otkazilayotgan Eng yaxshi kitobxon korik-tanlovini muntazam kuzatib boraman. Bu bellashuvlarda qizlarimizning eng yuqori orinlarni egallayotgani ularning intellektual salohiyat va tirishqoqlik bobida hammani qoyil qoldirayotganidan dalolat beradi.Shu nuqtai nazardan qaraganda, Qizlar kutubxonasi nomli mobil ilova yaratilib, ishga tushirilgani etiborga loyiq.Bugungi kunda buyuk shoiramiz Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bolgan qizlarimiz soni 283 nafarga yetdi. Ularning kopchiligi hokimiyatlar, turli vazirlik, idora va tashkilotlarda, ommaviy axborot vositalari, talim-tarbiya sohasida muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Bu mukofotning eng katta ahamiyati shundaki, unga sazovor bolgan har bir qizimizga yuzlab, minglab yoshlar havas qilib, ularga er?g?ashadi. Yoshlar uchun ibrat timsoli yetakchilik, liderlik timsoli paydo boladi. Eng muhimi, bunday ibrat oz qizlarimiz orasidan, ozimizning manaviy muhitdan yetishib chiqmoqda. Ularni korib, yoshlarimizda oziga, oz kuchi va salohiyatiga ishonch, kelajakka intilish paydo bolmoqda.Mana, bugungi davramizda Zulfiya nomidagi davlat mukofotining bu yilgi yangi sovrindorlari ham ishtirok etmoqda. Bugun sizlarning huzuringizda ularga ana shu mukofotlarni tantanali ravishda topshiramiz.Hurmatli anjuman qatnashchilari!Barchamiz yaxshi tushunamizki, biz bunday yigilishlarda nafaqat yutuqlarimiz haqida gapirishimiz, ayni vaqtda kamchilik va nuqsonlarimiz haqida ham ochiq-oshkora soz yuritib, ularni hal qilish yollarini birgalikda izlashimiz zarur.Takror aytaman, xalqimiz, avvalo, siz, hurmatli opa-singillarimiz bilan maslahatlashib ish olib borsak, xato albatta kam boladi.Shu manoda, ayollar ortasida huquqbuzarlikning barvaqt oldini olish masalasi ham doimiy etiborimiz markazida turishi lozim. Bu borada, birinchi navbatda, huquqbuzarlikka moyilligi bolgan shaxslar bilan yakka tartibda ish olib borish hamda jazoni ijro etish maskanlaridan ozod qilingan xotin-qizlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish boyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, muqaddam sudlangan, diniy ekstremistik oqimga daxldorlikda gumon qilinganlar royxatidan chiqarilgan 3 ming nafardan ziyod ayol va notinch oilalarda yashayotgan xotin-qizlarga amaliy yordam berishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.Ayni vaqtda sudlarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Xotin-qizlar qomitalari vakillari jamoatchilik asosida himoyachi bolib ishtirok etmoqda. Bunday yangi amaliyot natijasida 2018 yilda jinoyat sodir etgan va huquqbuzarlikka qol urgan 893 nafar xotin-qiz kafillikka olinib, jazodan ozod etildi.Oilaviy muammolar tufayli kelib chiqadigan jinoyatlarni keskin kamaytirish maqsadida 10 ming 14 ta notinch oila bilan profilaktika ishlari olib borildi va 71 foiz shunday oilaning notinchligi bartaraf etildi.Xotin-qizlar, mahallalar, profilaktika inspektorlarining hamkorlikda olib borgan ishlari va korilgan choralar natijasida xotin-qizlar ortasida jinoyatchilik 2018-yilda 34 foizga kamayganini alohida takidlash lozim.Bundan tashqari, Oliy sud bilan Xotin-qizlar qomitasi ortasida memorandum imzolanib, ajrashish uchun ariza bergan shaxslarni dastlab Xotin-qizlar qomitasida suhbatdan otkazish va ajrim yuzasidan xulosasini olish yolga qoyildi.Keng jamoatchilik vakillari ozaro hamkorlikda olib borgan ishlar tufayli 2018-yilda ajralish yoqasiga kelib qolgan oilalarning 26 mingga yaqini yarashtirildi. Eng muhimi, buning natijasida 36 ming 500 nafarga yaqin bola ota yoki ona mehridan judo bolishdan saqlab qolindi.Yurtimizda togri yoldan adashgan insonlar bolmasligi uchun bu boradagi ishlarni jaholatga qarshi marifat asosida izchil davom ettirishimiz zarur.Fursatdan foydalanib, siz, azizlarga, bugun meni eshitayotgan barcha yurtdoshlarimizga davat qilib aytmoqchiman: xalqimiz, Vatanimiz taqdiri va kelajagiga bevosita daxldor bolganbu masalada hech kim befarq bolib chetda turmasligi kerak. Bu borada nafaqat xotin-qizlar qomitalari, nafaqat mahalla faollari, balki barchamiz birgalikda qattiq ish olib borsak, vaziyat ijobiy tomonga albatta ozgaradi.Bu maqsadga erishishda biz xotin-qizlarimizning ogirini yengil qilish, ularning hayotiy muammolarini yechish, orzu-intilishlari, qobiliyat va salohiyatini royobga chiqarish uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor imkoniyatlarini ishga solamiz. Siz, aziz opa-singillarimiz bu masalada avvalo ozlaringiz tashabbuskor bolib, faol ishtirok etasizlar, deb ishonaman.Muhtaram dostlar!Sizlarga malumki, onalik va bolalikni himoya qilish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boyicha ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar uchun Motabar ayol nishoni tasis etilgan edi. Bu yil 8 mart bayrami arafasida ushbu mukofot bilan 260 nafar opa-singillarimiz taqdirlandi.Fursatdan foydalanib, ularni sizlarning nomingizdan, oz nomimdan samimiy tabriklayman.Bugungi bayram munosabati bilan Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini oshirish, soglom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, oilalarni mustahkamlash borasidagi munosib xizmatlari uchun xotin-qizlarimizdan bir guruhi davlatimizning yuksak unvonlari, orden va medallari bilan taqdirlandi. Mukofotlanganlar orasida ozining noyob istedodi bilan Vatanimiz shuhratini dunyoga tarannum etgan atoqli olimlarimiz, shoir va adiblarimizning sadoqatli umr yoldoshlari ham borligini alohida takidlamoqchiman. Ularning kopchiligi bugungi davramizda ishtirok etmoqdalar.Haqiqatan ham, ozining ilmiy va adabiy maktabini yaratgan ulkan olim va ijodkorning rafiqasi bolish oson emas. Buni bilgan biladi, bilmaganlar bilib qoysa, faqat foyda boladi.Mana shunday mehribon, oqila, zukko opa-singillarimiz oz umr yoldoshlari mashhur ilm-fan va adabiyot namoyandalarini doimo qollab-quvvatlab, ularga ilhom bagishlab kelganlari, manaviy tayanch bolib, fidoyilik namunasini korsatganlari har qanday yuksak tahsinga loyiqdir.Yuksak unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan opa-singillarimizni, Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bolgan qizlarimizni chin qalbimdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, yangi-yangi muvaffaqiyatlar, oilaviy baxt tilayman.Munis va mehribon opa-singillar!Biz sizlarning mana shunday ochilib, hayotdan rozi bolib yurishingiz uchun, sizlarning baxtu saodatingiz uchun doimo sidqidildan xizmat qilishga tayyormiz.Istaymizki, mana shunday quvonchli kunlarimiz kop bolsin!Barchangizni bugungi bahor va nafosat, gozallik bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.Iqbolingiz baland, umringiz uzoq, rizqu nasibangiz ziyoda bolsin!Hamisha sog-omon bolinglar!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0