Soliq qomitasi raisining 1-orinbosari Mubin Mirzayev: Bizning maqsadimiz kimnidir kamchiliklarni topish va jazolash emas

Soliq islohotlari singari muhokama qilingan, qizgin munozaralarga sabab bolgan va ashaddiy tortishuvlarni keltirib chiqaradigan mavzularjuda kam. Biznesmenlar, iqtisodchilar, mamlakatimizdagi va xorijiy ekspertlar ushbu sohani rivojlantirish yollari togrisida turli-tuman, bazan bir-birini inkor qiladigan fikrlarni bildirmoqda. Faqat bir masalada hammaning fikri bir joydan chiqmoqdi: soliq tizimini ozgartirish kerak. Mubin MirzayevFoto: DaryoYangi sharoitlarda ishlab boshlangan dastlabki haftalar va oylarda soliq sohasida qanday muammolar yuzaga keldi? Yaqin istiqboldagi vazifalar va kelgusidagi rejalar qanday? Ozbekiston Respublikasi Soliq qomitasi raisining 1-orinbosariMubin Mirzayevbilan ana shu va boshqa masalalar togrisida suhbatlashdik. Siz bilan uchrashishdan oldin men ijtimoiy tarmoqlardagi oquvchilarimdan ularni qiziqtirgan savollarini yuborishlarini soradim. Ulardan olingan 33 savolning barchasiga bitta suhbat davomida javob olishning iloji bolmasa-da, kop takrorlangan va umumiy savollarni berishga harakat qilaman. Mana, shunday savollardan biri: soliq savodsizligini ommaviy bartaraf etishni qachon boshlamoqchisiz? Soliq togrisida munozaralar shuni korsatyaptiki, kopincha odamlar hattoki bozor va narx belgilanishining eng oddiy tamoyillarini ham bilmaydi, nima uchun soliq tolashlari va bu qanday amalga oshirilishini tushunmaydi. Haqiqatan ham, biznesmenlarning, shuningdek barcha soliq tolovchilarning soliqqa tortish tamoyillarini tushunishlari juda muhim. Tushuntirish ishlarini biz ilgari ham olib borganmiz. Bilasizmi, gap nimada? Oz vaqtida biz tadbirkorlarni yagona soliqqa otkazib, buxgalterlarni ham, tadbirkorlarni ham dangasa qilib qoydik. Umumiy oborotdan 5% tolaysiz, boldi. Hech narsani hisoblashning keragi yoq, hech qanaqa hujjat toldirmaysiz. Endi esa, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi togrisida farmoni elon qilinishi bilan hammasi tubdan ozgardi. Bu shubhasiz, ijobiy ozgarish.Biroq buni joylardagi, viloyatlardagi har bir kishiga yetkazish juda qiyin masala. Bilasizmi, viloyatlarga tashrif buyurganimizda nimani aniqladik? Oddiy qilib aytadigan bolsak viloyatlarda buxgalterlar yoq. QQS tolaydigan 7000 subyekt bor edi. Endi ularning soni 35 mingta boldi. Soliq tolovchilar bazasining kengayishi yaxshi, albatta. Biroq 35 ming subyektda buxgalterlar bormi degan savolga javob yoq. Ularning yarmida buxgalterlar yoq. Kopincha bitta buxgalter 5-6 ta korxonaning ishini olib boradi.Hozir Savdo-sanoat palatasi bilan birga shu yonalishda ish olib boryapmiz.14 viloyatning har birida ishchi guruh tuzildi. Bunday guruhlarning eng asosiy vazifasi har 10 ta firmaga bittadan soliq mutaxassisi biriktirildi, ular quyidagi muammolarni aniqlaydi: buxgalter bor-yoqligi, soliq kodeksining qaysi qoidalari tushunarsiz, hujjatlarni qanday yurgazish kerak.Buxgalter bor-yoqligi bu masalaning bir qirrasi. Muammoning yana bir jihati shundaki, kopchilik soliq inspektorlarining malaka darajasi yetarli emasligidan shikoyat qiladi. Bizda ham ishini juda yaxshi biladigan mutaxassislar bor, biroq, afsuski bugungi kun talabiga javob bermaydiganlari ham bor. Yangicha ishlay olmaydiganlar bundan keyin bizda ishlamaydilar. Shuni qayd etmoqchiman, inspektorlar muntazam ravishda oqishadi: ularda har hafta mashgulotlar otkaziladi, har haftalik seminarlarda ishtirok etishadi, uch yilda bir marta DSQ qoshidagi Malaka oshirish markazida oqib qaytishadi.Hozir soliq qomitasida besh yillik harakatlar strategiyasini ishlab chiqyapmiz, unda uzoq muddatli, orta muddatli va yaqin istiqboldagi vazifalar belgilab beriladi. Bu hozir qaysi bosqichda turibmiz-u, besh yilda nimalarga erishmoqchimiz, buning uchun nimalar qilishimiz kerakligini tushunib olishimiz uchun kerak.Unda butun biznes jarayon batafsil yoritib beriladi: korxonaning butun faoliyati davomida kim va nima uchun javob beradi: korxona tuzilganidan u tugatilguniga qadar kim nima va qanday qilishi kerak. Har bir sohaning egasi bolishi kerak. Butun zanjir: respublika qomitasi, viloyat, shahar va tuman soliq inspeksiyalaridagi har bir mutaxassisning ishini tubdan qayta korib chiqyapmiz.Bizda inspektorlar yetarlimi? Ular haddan ortiq. Bugungi kunda soliq tizimiga 11 146 kishi jalb qilingan. Biroq shu narsaga aniqlik kiritib olishimiz kerak: kim nima uchun javob beradi? Hozir biz mamlakatdagi 500 taga yaqin eng yirik soliq tolovchilarni alohida guruhga ajratib oldik. Faqat mana shu 500 ga yaqin tashkilot bilan ishlaydigan maxsus inspeksiya tuziladi. Xavflarni boshqarish, yuzaga kelishi mumkin bolgan muammolarini aniqlash va ularning oldini olish bularning barchasi ana shu inspeksiya zimmasida boladi.Soliq inspektori bor. Korxona buxgalteri bor. Ular ortasida muhim boglovchi - buxgalteriya hisobini yurgazishning dasturiy taminoti bor. U hozirgi ozgarishlarga talab beradimi? Rossiyaning Federal soliq xizmatidagi hamkorlarimiz bilan birgalikda biz hozir oddiy, oson tushunarli dastur yaratish ustida ishlayapmiz, bu dastur butun biznes-jarayonni pastidan tepasiga qadar qamrab olishi kerak. Bu birinchidan. Ikkinchidan: barcha vazirliklar va idoralar bilan ishlaydigan integratsiyalangan dastur ham yaratyapmiz.Xalqaro valyuta fondi bilan soliq organlari tuzilmasi va ishini ratsionalizatsiya qilish ustida ish olib boryapmiz.Jahon banki bilan soliq savodxonligini oshirish, QQS hisoblash boyicha hamkorlikdagi loyihalarimizni ishlab chiqyapmiz. Juda kop masalalar yigilib qolgan.Misol keltirishim mumkin. Biz Toshkent viloyatidagi bojxona postlaridan birining ishini organdik. Shahar tashqarisiga olib chiqib ketilayotgan tovarlarning 86% da hech qanday hujjatlar yoqligi aniqlandi. Qolgan 14 % tovarlardagi mavjud bolgan yuk xatlari va hisob-fakturalari ham hech qanaqa talablarga javob bermaydi. Bu nimadan darak beradi: biz aksariyat hollarda hujjatlar bilan ishlashni unutib qoydik. Balki maktab, kollej, universitetlarda soliq savodxonligi boyicha darslar, hech bolmaganda soliq tolovchi soati kiritilishi kerakdir? Yaxshi fikr. Hozir xodim uchun soliqlarni ish beruvchi tolaydi. Agar soliqlarni har birimiz ozimiz uchun tolaydigan bolsak, oshanda qancha va nima uchun tolayotganimizni tushunishga harakat qilamiz. Agar jismoniy shaxs soliqni ozi tolasa, savodxonlik ham ortadi. Hammasi shaffof va tushunarli boladi. Biz buni xohlaymizmi yoki yoqmi, vaqti kelib shunday boladi: butun dunyoda shunday qilishmoqda.Menimcha bu yerda bir nechta muammo mavjud.Soliq tolash tizimidagi ozgarishlarning afzalliklarini har bir soliq tolovchi etiboriga yetkazish kerak. Atayin soliq tolashdan boyin tovlaydiganlar bor, albatta. Biroq kopchilik bexabarligi tufayli xatoga yol qoyadi. Biz ana shu yonalishda ish olib borishimiz zarur. Togri harakatlanish uchun yagona hujjat bolmaganligi tufayli kop yillar ichida yigilib qolgan muammolarni hal qilish kerak.Bu muammolarni zudlik bilan hal qilishga intilishlarni tushunsa boladi, biroq buning iloji yoq. Bu tizim yangidan oqishga majbur qiladi. Konsepsiyani joriy qilish va shunday tushuntirish kerakki, xalq biz togri yoldan borayotganligimizga ishonsin va soliq tolashdan qochmasin.Muammolar bor. Ularning yechimi bormi? Biz bu masalada Jahon bankidan komaklashishni soradik. Qanday qilsak bu tartib tushunarli va sodda boladi? Chunki bizdagi mavjud 1999-yilda ishlab chiqilgan talablar eskirdi, mohiyatini va dolzarbligini ham yoqotdi. Biz qaytatdan velosiped ixtiro qilmadik, nima uchun? Biz bu borada rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanishga qaror qildik. Masalan Turkiya tajribasi. Jahon banki mutaxassislari fevral oyidayoq bu ishni boshlab yubordi. Bu hujjatlarni ishlab chiqishdan maqsad iqtisodni soyadan olib chiqishmi? Ha, biroq faqatgina biznesni soyadan olib chiqish va soliq yigimini oshirishdangina iborat emas. Yana korxonalarni shaffof ishlashga orgatish ham kerak. Buning uchun birinchi navbatda bozorning barcha ishtirokchilari uchun bir xil oyin shartlari va qoidalarini kiritish talab etiladi. Bir biznesmen soliqlarni tolaydi, xuddi shu sohadagi boshqasi esa tolamaydi, mana shunda notogri raqobat yuzaga keladi. Bunday vaziyatda rivojlanish haqida gap borishi mumkinmi? Ozbekistonda xojalik yurituvchi subyektlar soni qancha? Bugungi kunda 400 mingga yaqin biznes subyektlari bor. Soliq tolovchi jismoniy shaxslarning soni qancha va ularning qanchasi soliq tolaydi? Mamlakatda 13,5 million ishga layoqatli aholi bor. Biroq soliq tolovchilar soni 4,5 million. Savol tugiladi: qolganlar qayerda? Agar shundan ikki-uch millioni mehnat migrantlari deb faraz qilsak, shunda ham qolgan besh-olti million ishga layoqatli aholi ish haqini konvertda oladi, yoki xususiy tadbirkorlik bilan shugullanadi va soliq tolamaydi.Biz uchun eng muhimi: soyada ishlayotganlarni asta-sekin ochiq ishlashga chiqarib, qonunlashtirish. Bu bir kunda bolmaydi. Bu anchagina vaqt talab qiladi, hatto ularning bir qismini ochiqchasiga ishlashga olib chiqsak va ular ham soliq tolaydigan bolishsa, umumiy soliq yuki pasayadi. QQS haqida ommaviy axborot vositalarida kop va xop gapirildi, yozildi. Takrorlab otirmayman. Savol quyidagicha: yarim yildan song biz QQSni 12 %gacha pasaytirishimiz mumkinmi? Yarim yilda va hattoki bir yilda ham, afsuski buni aytib bolmaydi. Ammo yaqin ikki-uch yilda aniqlashadi. Oldimizda, bir qarashda, ikkita, bir-birini inkor qiluvchi vazifa turibdi. Iqtisodni legallashtirish va muvozanatga keltirish, budjet xarajatlarini muvofiqlashtirish. Soliq yukini pasaytirish. Biroq, yaqin yillarda QQSni 12 % gacha pasaytirishning iloji yoq.Biroq yana koplab boshqa muammolar ham bor. Boshqa soliqlarni optimallashtirish: ularning sonini kamaytirish, bazilarini birlashtirish, ushbu masalani tartibga solish. Ishlab chiqaruvchilarga katta hajmlardagi mahsulotlarni ishlab chiqish imkonini yaratish.QQS tufayli narxni oshirishga majbur ekanligini takidlayotganlar biroz nohaq. Bu haqiqatdan yiroq. Aslida nima boldi? Biznesmenlarning bir qismi ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining haqiqiy hajmini korsatmay qoya qolishardi. Ilgari masalan biznesmen 50 ming dollarlik tovar olib kelgan, hujjatda esa besh minglik qilib korsatgan. Endi bunaqasi otmaydi. QQSning kiritilishi tovar va xizmatlarning butun yolini korsatishni, hisob-faktura bolishini talab qiladi. Savdo-sotiq boladimi, ishlab chiqarish boladimi, farqi yoq.Tovar sotilayotganda uning kelib chiqishi haqida hujjat bolishi lozim. Hammasi ravshan bolib qoldi, shu sababli yashirin daromadlar korinib qolyapti. Shu sababli ularda narx ham oshdi.Narxlarning noqonuniy oshirilgani uchun jarimalarga tortish, jazolash hollari boldimi? Bizning vazifamiz, ayniqsa hozirgi otish bosqichida kimnidir jazolashdan iborat emas. Mana shu olti oy ichida, ishonchim komil, bozor hammasini oz orniga qoyib qoyadi. Biz tushuntirishimiz, xatolarning va kamchiliklarning oldini olishimiz kerak. Shu sababdan tadbirkorlar bilan qancha kerak bolsa shuncha uchrashamiz, oqitamiz.Biroq shu tushuntirishlardan keyin ham qonun buzilishlariga yol qoyilsa, unda 1 iyuldan boshlab qattiq choralar korishni boshlaymiz.Soliq qomitasi rahbariyatining tadbirkorlar bilan muntazam uchrashuvlar otkazayotgani, davra suhbatlari va televizordagi chiqishlari tadbirkorlar tomonidan juda yaxshi qabul qilinyapti. Biroq tuman inspeksiyalarida buxgalterlarga: televizor boshqa, hayot boshqadeyishayotgan vaziyatlar ham uchrab turibdi. Soliq kodeksiga rasmiy sharhlar qachon chiqadi? Yangi soliq kodeksi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlanyapti. Biz uni 2019-yil 1-apreliga qadar toliq ishlab chiqishimiz kerak. Shundan keyin Kodeks loyihasi muhokamaga qoyiladi. Bu oldingidek bolmaydi, Kodeksni tort kishi ishlab chiqib, uni darrov qabul qilinmaydi. Oquvchilar sorashyapti, nima uchun soliq kodeksi loyihasini uning ijrochilari yozyapti? Yangi kodeksga odamlar yoki korxonalarning manfaatlarini kozlagan holda emas, balki soliqchilarning nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda yondoshilmaydimi? Soliq kodeksini hammayam yozolmaydi, har kim ham yoza olmaydi, bu tushunarli. Hozir Moliya vazirligida Soliq kodeksining loyihasini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish boyicha alohida komissiya ishlayapti. Ishchi guruhga bizning mutaxassislarimiz ham kirgan.Biz bu ishga soliqqa tortish sohasida dunyodagi eng kuchli mutaxassislarni jalb qilishga harakat qildik. Shu jumladan, Jahon bankidan, Xalqaro valyuta fondidan.Biz bu ishga Rossiya Federatsiyasi Soliq kodeksining va soliq islohotlarining eng muhim mualliflaridan biri, fan doktori Sergey Dmitriyevich Shatalovni jalb qilganmiz. Shatalov kop yillar Rossiyaning moliya vaziri orinbosari bolgan, PriceWaterhouseCoopers (PWC) transmilliy korporatsiyasida ishlagan. Hozirgi vaqtda u Rossiya Moliya vazirligi soliq siyosati boyicha maslahatchisi.Aytib otganimdek, yangi Kodeksning loyihasi 1-aprelda muhokamaga qoyiladi, bildirilgan ozgarishlarni hisobga olgan holda 2019-yil 1-oktabrda qabul qilinadi. Bizning maqsadimiz 2020-yilning 1-yanvaridan Ozbekistonning barcha soliq tolovchilari, tadbirkorlari va soliqchilari qollarida qonunosti hujjatlari maksimal qisqartirilgan, pishiq ishlangan, sodda, ravon, yaxlit hujjatga ega bolishlari kerak. Bunaday kodeks yangicha ishlay olishlari uchun kerak.Vazifaning murakkabligi shundaki, bugungi kungacha ishlash uchun asos bolib kelgan hujjatlar oddiy soliq tolovchilarga ham, biznesmenlarga ham va hattoki soliq organlari xodimlari uchun ham doimo tushunarli emasdi. Hujjatlarda kop narsalar yoq.Qonunni mutaxassis yozishi kerak, qonun taalluqli bolgan boshqa barcha kishilar esa oz fikrlarini bildirish imkoniga ega bolishlari kerak. Uning ilgarigisidan farqi, u aniq qilib va oddiy tilda yozilgan bolishi kerak. Shunda hammaga qulay boladi. Bizga shunday savol yuborishgan: soliq qomitasi budjetga soliqlar yigilishidagi mumkin bolgan yoqotishlarning ornini qanday qoplashni rejalashtirgan? Islohotlarning birinchi oraliq natijalari kuzda malum boladi. Keling, birinchi oy nimalarni korsatganini qarab chiqamiz.Budjetga soliq tushumlari 5,4 trln som (2018-yilga nisbatan 176%).QQSdan tushumlar 1,4 trillion sumni tashkil qildi (217,5%).Yuridik shaxslar daromadidan soliq 389,8 mlrd som (228,3%).Jismoniy shaxslar daromadidan soliq 717,5 mlrd somni tashkil qildi (161,5%).Togri, oson bolmaydi. Biz birinchi chorak rejasiga 17,5 trillion som soliq tushumlarini kiritdik. Ishonchim komil, soliq yigilishi boyicha budjetga kiritilgan reja tadbirkorlikni legalizatsiya qilish, faoliyatni kengaytirish, shu jumladan yangi ish orinlari yaratish yoli hisobiga bajariladi. Tanlama soliq imtiyozlari haqida savol. Kopchilik bu soglom raqobatga xalaqit beradi deb hisoblaydi. Ular haq. Bizga tadbirkorlar tez-tez nosoglom raqobat yuzasidan shikoyatlar bilan murojaat qilishadi: Nima uchun bunga imtiyoz berilgan, bizga esa yoq?. Imtiyoz berishdan keladigan zarar uning foydasidan kora koproq bolyapti, raqobat muhitini buzib, tadbirkorlik subyektlarining rivojlanishiga tosqinlik qilyapti. Biz hozir soliq imtiyozlarini toliq inventarizatsiyadan otkazyapmiz. Shundan kelib chiqqan holda, biz ijtimoiy ahamiyatga ega bolgan, ozini oqlagan imtiyozlarnigina qoldiramiz. Joriy yilda soglom raqobatga tosqinlik qiluvchi barcha imtiyozlarni maksimal qisqartiramiz, kamaytiramiz va bekor qilamiz va Hukumatga shu haqda taklif kiritamiz. Hozirgi vaqtda hech kimga hech qanday yangi soliq imtiyozlari berilayotgani yoq. Siz hozir ijtimoiy yonalishlardagi imtiyozlar haqida gapirib otdingiz. Ozbekiston nogironlar jamiyatidan Oybek Isakov va Farxod Abduraxmanovlarning yozishicha, 2019-yilning yanvaridan nogironlar korxonalari soliq imtiyozlaridan mahrum etilganlar va shu sababli 1-fevralga kelib nogironligi bolgan 1500 shaxs ishdan boshatilgan. Biz bu masalani batafsilroq organamiz. Biz hech qachon nogironlarni ish orinlari bilan taminlayotgan ijtimoiy korxonalarga tosqinliklar yaratmaymiz. Ularni huzurimizga taklif qilamiz, organib chiqamiz va nogironlar ozlarini ish bilan taminlayotgan bolsalar, ularning imtiyozlarini bekor qilmaymiz, aksincha ularga sharoit yaratishga harakat qilamiz. Men hamma savollarni berolmadim. Bu yerda turizmdagi vaucherlar haqida, xususiy yolovchi tashuvi uchun patent, umumovqatlanish korxonalari, soliq prognozi haqida va yana bir qancha savollar bor. Turizm sohasida vaucher.Bunday zanjir ishlashi uchun Davlat turizm qomitasi va turoperatorlar bilan uchrashib, birgalikda masalani hal qilish kerak.Taksi uchun patent.Yolovchi va yuk tashuvlari uchun taksistlarga bir kunlik, bir haftalik, oylik va yillik patentlarni joriy qilish haqida takliflar bor. Bu yerda yolovchilar xavfsizligini taminlash masalasi yuzaga keladi. Toshkentda sinov tariqasida loyiha tayyorlash boyicha topshiriq berdik.Umumovqatlanish korxonalari.Bu sohada asosiy muammo ilgari tizimda barcha pul oqimlari korsatilmaganligida deb bilaman. Endi nazorat qattiq boladi.Prognozlashtirish yuzasidan savollar kop.Bizning tizim zamonaviy jahon tajribasidan birmuncha orqada. Jahon banki, boshqa moliyaviy institutlar mutaxassislari bilan bir nechta modelni organyapmiz: qaysi modelni tadbiq qilamiz, qaysi biri togri va kim, qanday mutaxassislar uni joriy qiladi. Faraz qiling, sizda hozir 400 ming xojalik yurituvchiga murojaat qilishingiz uchun imkon bor va buning uchun sizga bir daqiqa vaqt beriladi. Sizning ularga aytadigan gaplaringiz? Avvalambor tadbirkorlarga bitta iltimosim bor. Belgilangan soliqlarni vaqtida tolang. Shunda sizda hech qachon soliq organlari bilan hech qanday muammongiz bolmaydi. Axir bizning maqsadimiz kamchiliklarni topish va jazolash emas. Qadrli tadbirkorlar, biz servis-yonaltiruvchi xizmat hisoblanamiz. Biz siz uchun soliq maslahatchisi va yordamchi, biznes hamkor va konsultantmiz.Biz yordam berishga hamisha tayyormiz. Biz hech bir korxona yopilmasligi, hech bir ishlab chiqish toxtamasligi tarafdorimiz. Bu juda mantiqli, chunki bizga soliq bazasi kerak. U qachon boladi? Qachonki tadbirkorlik va tadbirkorlar rivojlansa, yangi ish orinlari yaratilsa.Baxtiyor Nasimov, Daryo sharhlovchisi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0