Afrika tarixidagi eng boy 10 nafar futbolchi haqida

Yevropada futbol va uning ommabopligi afrikalik koplab och-nahor bolalarning butun hayot yolini ozgartirib yubora oladigan imkoniyatga aylangani ayni haqiqat. Oz vaqtida kambagallikdan aziyat chekkan afrikalik bolalar ayni damda vatanida ham undan tashqarida ham katta millionerlardan hisoblanadi. Futbolda boshlanishiga juda kop mablag talab etilmaydi. Oyoqqa mos keladigan poyabzal va tepishga yaraydigan bitta top bolsa kifoya. Qolgani esa mehnat, ijodkorlik va fantaziya bilan bitadigan ishlar. Barcha afrikalik futbolchilarga ham millionerlik nasib etavermaydi. Ammo ularning har biri mamlakati sporti uchun munosib hissa qosha olgani ham bor gap. Quyida Afrika futboli tarixida oz orniga ega, moddiy hayotda ham yoqolib qolmagan 10 nafar futbolchi haqida soz yuritamiz.10. Salli Muntari 5 million dollar Foto: Google ImagesAyni damda 34 yoshni qarshilagan Salli Muntarining futbolchilik faoliyati klublarga boy boldi. Uning birinchi professional klubi Italiyaning Udineze bolgandi. Salli ajoyib oyinlari orqali Udine jamoasida ozi uchun yorqin kelajakni kafolatlay oldi. 2007-yilda Muntari uchun Portsmut klubi 10,5 million yevro tolashga qorqmadi. Ammo bu ganalik uchun chegara bolib qolmadi. Oradan bir yil otib, Inter Muntarini Italiyaga qaytarish uchun 14 million yevroning bahridan otdi. Shundan song uning karyerasida chinakam sayohatlar boshlandi. Orada Sanderlend, Milan, Al-Ittihod, Peskara va Deportivo kabi klublarda faoliyat olib bordi. 2018-yil aprelidan beri rasmiy oyinlarda ishtirok etmagan futbolchi qishki transferlar vaqtida Ispaniyaning Albasete klubi bilan shartnoma imzolashning uddasidan chiqdi. Tahlilchilar bahosiga kora, Salli hozirga qadar 5 million dollar miqdorida boylik jamgarishga ulgurgan.9. Kristofer Samba 7 million dollar Foto: Google ImagesKongo terma jamoasida top suruvchi Kristofer Samba Fransiyada tugilib osgan. Futbolchilik faoliyatini ham faranglar diyorida boshlagan. Ammo ozini korsatish va tanilish imkoniyatini Angliyada, aniqrogi, Blekbern klubida qolga kiritgan. Kristofer vaqtida APLning otib bolmas devor himoyachilaridan biri hisobalanardi. 2012-yil fevralida Maxachqalaning Anji klubi Samba uchun ingliz klubiga 14 million yevro toladi. Ammo oradan bir yil otib, KPR (Kuinz Park Reynjers) jamoasi Kristoferni 1 million yevro qimmatroqqa APLga qaytardi. Samba faoliyati davomida birorta sovrinni qolga kirita olmadi. Uning songgi klubi Aston Villa edi. Samba klubni yozda tark etdi. Shundan beri u klubsiz. U 34 yoshida erkin agent sifatida klub izlashda davom etmoqda. Sambaning moliyaviy holati ayni damda 7 million dollarga baholanmoqda. U bu mablaglarning asosiy qismini Rossiyadagi faoliyati orqali toplashga erishgan. Uzun quloq gaplarga kora, uning Anjidagi maoshi haftasiga 150 ming dollar miqdorida bolgan.8. Seydu Keyta 10 million dollar Foto: Google ImagesKelib chiqishi Malidan bolgan Seydu Keyta taqdir taqozosi bilan 17 yoshida Marsel akademiyasida paydo bolgan. Futbolchining gullagan davrlari esa Lans hamda Barselonada otdi. 2008-yilda Kataloniya klubi Keyta uchun Sevilyaga 14 million yevro tolaydi. Seydu bu mablaglarni toliqligicha oqlagan. Uning Barselonadagi statistikasiga bir qarang: 188 ta oyin, 22 ta gol. Faoliyatining songida (ungacha Xitoy, Ispaniya va Italiya klublarida ham oynadi)Keyta neft va pul oqib turadigan Qatarga borishga qaror qildi. U yerda Seydu Al-Jaish sharafini himoya qilib, nafaqaga chiqishdan oldin yetarlichga mablag jamgarishning uddasidan chiqdi. 1,5 yildan beri futbol oynamayotgan Keytaning moliyaviy holati 10 million dollarga baholangan. Bu esa uning Afrikaning boyvachcha futbolchilardan iborat top-10 ligiga kirishga zarracha tosqinlik qilayotgani yoq.7. Asamoa Gyan 23 million dollar Foto: Google ImagesAkkrada (Gana poytaxti) tugilgan Asamo Gyan yuqorida tilgan olingan Salli Muntari singari juda erta Udinezeda paydo bolgan. U 2008-yilda Udinedan 8 million yevro evaziga Rennga yol oladi. Oradan 2 yil otib Asamoa Fransiyadan 2 baravar qimmat mablag evaziga Sanderlendga otadi. Ammo u Yevropadagi faoliyati davomida katta yutuqlarga erisha olmadi. Ammo BAAga yol olgan ganalik futbol yulduzi Al-Ayn bilan 3 marta mamlakat chempioni bolishga erishdi. Orada esa yulduz futbolchilar uchun jannatmakon yurtga aylangan Xitoyda ham top surishga erishdi. U Shanxay SIPGda faoliyati orqali yetarlicha mablag jamgarishga erishdi. 33 yoshli Gyan ayni damda Qayserisporda faoliyat olib bormoqda. Futbolchining boyligi esa 23 million dollarga baholanmoqda. Bu mablag nafaqat unga, balki farzandlarining ham juda yaxshi yashashiga yetishiga shubha yoq.6. Jon Obi Mikel 30 million dollar Foto: Google ImagesNigeriya futboli tarixidagi eng omadli futbolchilardan biri Jon Obi Mikeldir. U faoliyatining eng yaxshi yillarini Londonning Chelsi klubida otkazdi. Jon aristokratlar bilan birga 2 bora Angliya chempioni boldi. 4 marta Angliya Kubogi, 1 bor esa Chempionlar Ligasi golibligini qolga kiritdi. 2017-yil yanvarida bolsa, Jon ham soqqa qilish uchun Xitoyga yol oldi. 2 yil vaqtini Tyanszin Teda klubida otkazdi. Yetarlicha jamgarga ega bolgan 31 yoshli Mikel qishki transferlar vaqtida Angliyaga qaytib, Midlsboro bilan shartnoma imzoladi. Malum bolishicha, nigeriyalik futbolchi Xitoyda haftasiga 200 ming yevro maosh olgan. Bu esa uning bu royxatga bejiz kirmaganligiga asosiy sabab. Uning boyligi 30 million dollarga baholangan.5. Maykl Essien 35 million dollar Foto: Google ImagesKoplab afrikalik futbolchilar singari Maykl Essien ham faoliyatini Fransiyada boshlagan. Keyin esa Chelsining topqir skautlari Mayklni payqab qolgan vaqtdayoq, Londonga olib kelishadi. Chelsi Essien uchun 2005-yil yozida Lionga 38 million yevroni qurtdek sanab beradi. Maykl bu pullarni ozining ajoyib oyinlari va uzoqdan urgan gollari orqali tola oqlab berdi. Faoliyati davomida Maykl yana ikki top-klub Real va Milanda ham oynadi. Bundan tashqari taqdir uni hattoki Indoneziya chempionatiga olib bordi. U Persib Bandung klubida 1 yil mobaynida top surdi. Ayni damda 36 yoshli ganalik futbolchi birorta klub azosi emas. Katta ehtimol bilan u faoliyatini yakunlaydi. Bunga uning moliyaviy holati ham imkon beradi. Mayklning boyligi 35 million yevroga tengligi aytilmoqda.4. Emmanuel Adebayor 45 million dollar Foto: Google ImagesTogo terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi topurarning boyligi 45 million dollarga baholangan. Adebayor hamon boyligini oshirish bilan band. U hozir 34 yoshda, ammo shunga qaramay Turkiyaning Bashakshehir klubida top surishda davom etmoqda. Emmanuel ham ne ajabki, professional faoliyatini Fransiyada boshlagan. Ozining ajoyib oyinlari sabab APLga kochib etadi. Tumanli Albionda esa Arsenal, Manchester Siti, Tottenhem hamda Kristal Pelas klublarida faoliyat olib bordi. Orada esa Real Madridda ham top surib kordi. U oz jamgarmasining asosiy qismini Manchester Sitidagi faoliyati orqali toplagan. Adebayor shaharliklar safida haftasiga 270 ming dollar ishlab topgan.3. Yaya Ture 70 million dollar Foto: Google ImagesFaoliyatini Belgiyada boshlagan Yaya Ture u yerda Ukrainaning Metallurg klubiga yol olgan. Keyin esa 2007-yilda Barselona azosiga aylangan. 2010-yil yozida bolsa, 30 million yevro evaziga Manchester Sitiga otgan. Aynan shaharliklar safida Yaya Ture har tarafdan muvaffaqiyatga erishdi. U orada 4 bor Afrika qitasining eng yaxshi futbolchi sifatida etirof etildi. 35 yoshga kirgan Ture hamon faoliyatini yakunlagani yoq. Biroq 2018-yil dekabrida Olimpiakos bilan shartnomasini bekor qilgach klubsiz yuribdi. Yaya faoliyati davomida juda kop pul ishlab topdi. Ammo tahlilchilar uning boyligini ayni chogda atigi 70 million dollarga teng deb baholamoqda. Malumotlarga kora, Sitidagi sakkiz yillik faoliyati davomida Ture haftasiga 230 ming dollar maosh olgan.2. Didye Drogba 90 million dollar Foto: Google ImagesAfrika qitasining eng mashhur futbolchilaridan biri Didye Drogba Londonning Chelsi klubida haqiqiy afsonaga aylandi. U 2004-yilda Marseldan London klubiga 38,5 million yevro evaziga kochib otadi. Aristokratlar safida 381 ta oyin otkazib, 164 ta gol urib, klub tarixidan munosib orin oldi. Drogba Afrika qitasining 2 marta eng yaxshi oyinchisi sifatida etirof etilgan. 4 marta Angliya chempionatining oltin medallarini qolga kiritdi. Shu bilan birga 1 bor Chempionlar Ligasida golib boldi. Norasmiy malumotlarga kora, Drogba Chelsida haftasiga 120 ming dollar maosh olgan. Didye 2012-yilda koplab qitadoshlari kabi Xitoyga yol oladi. U yerda Shanxay Shenxua sharafini himoya qilish orqali haftasiga 250 ming dollar topadi. U faoliyatini otgan yili Kanadaning Finiks Rayzing klubida yakunladi. Drogba mazkur klubning aksiyadorlaridan biri hisoblanadi. Futbolchining faoliyati davomida toplgan kapitali 90 million dollarni tashkil qiladi.1. Samuel EtoO 95 million dollar Foto: Google ImagesReytingning yuqorisidan esa Kamerun terma jamoasining sobiq futbolchisi Samuel EtoO orin olgan. U faoliyati davomida qitaning 4 marta eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Yevropadagi faoliyati davomida Real, Barselona, Inter va Chelsi kabi klublarda top surdi. Malum bolishicha, futbolchi Maxachqalaning Anji klubida yiligida 25 million dollar maosh olgan. Ayni damda 37 yoshli kamerunlik Qatar klubida faoliyat olib bormoqda. EtoOning boyligi 95 million dollarga baholangan.FootballHDdan Asror Abdunazarov tarjimasiYanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0