Ozbekistonda aholi muammolari bilan ishlash sohasida yangi tizimga otilmoqda

Ozbekiston Prezidenti Administratsiyasi xodimi Olim Toraqulov prezidentning Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni sharhini Daryoga taqdim etdi. Quyida sharh toligicha etiboringizga havola etiladi. Foto: OzA2019-yil 17-yanvarda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni qabul qilindiInsonlarning dardu tashvishlarini oylab yashash odamiylikning eng oliy mezonidir, Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak, Xalqimiz oz hayotida ijobiy ozgarishlarni ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun korishi kerak.Prezident Shavkat Mirziyoyevning el-yurtimiz qalbi va ongidan chuqur joy olgan bu sozlari bugun mamlakatimizda barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tub ozgarish va islohotlarni harakatlantiruvchi qudratli kuchga, tabir joiz bolsa, ularning goyaviy ozagiga aylandi. Xalqimizning hayotiy talab va ehtiyojlarini taminlash, odamlarimizni rozi qilish yolidagi zalvorli ishlar aynan ana shunday ezgu va hayotbaxsh goyalar asosida olib borilib, tobora yangi mano va mazmun bilan boyib bormoqda. Bunday tarixiy ozgarishlar silsilasida xalq bilan muloqot qilish, murojaatlar bilan ishlash boyicha tamomila yangi tizimga asos solingani, xalqaro miqyosda noyob tuzilma sifatida keng etirof etilayotgan Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari instituti yaratilgani shubhasiz markaziy orinlardan birini egallaydi.Xalq qabulxonalari xalqimizning necha yillik orzu-armonlarini ushaltirish maqsadida tashkil etilgani bois ham el-yurtimiz hayotidan, mamlakatimizda kechayotgan yangilanishlar jarayonidan tez fursatda ozining munosib ornini topib, har bir hudud va sohadagi real manzarani, asl holat va mavjud muammolarni aniqlash hamda hal qilish yolida yangi goyalar, amaliy taklif va tashabbuslar yuzaga keladigan, ularni hayotga tatbiq etishning aniq mexanizmlari ishlab chiqiladigan markazlarga aylanib bormoqda.Otgan davrda Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari yordamida 2 million 500 mingdanziyod kishi ozini qiynab kelayotgan muammolarga yechim, oylantirayotgan savollarga javob topgani ularning xalqimiz mushkulini oson, ogirini yengil qilish, jamiyatimizda adolat tamoyillarini mustahkam qaror toptirishda amaliy ahamiyati naqadar yuqori bolayotganini yaqqol korsatadi.Bir soz bilan aytganda, Xalq qabulxonalari davlat organlari bilan aholi ortasida ochiq muloqotni yolga qoyish, dolzarb muammolarni aniqlash, murojaatlar qonuniy va sifatli korib chiqilishini taminlashda samarali mexanizmga aylanib, amalda ozini tola oqladi. Albatta, hayot hech qachon bir joyda toxtab turmaydi. Zamon bilan hamqadam bolish, kerak bolsa, undan bir qadam ilgari odimlash bugungi kun talabi. Shu manoda, biz yashayotgan hozirgi shiddatli davr, oldimizga qoygan ulkan maqsadlar barcha sohalarda bolgani kabi mazkur muhim yonalishda ham otgan qisqa davrda orttirilgan ijobiy tajribalarni yanada takomillashtirish, uni mazmun jihatdan rivojlantirishni talab etmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida ana shu dolzarb masalaga alohida toxtalib, Xalq qabulxonalari faoliyatidamutlaqo yangi tizimga sifat jihatidan yanada yuksak bosqichgaotilishi haqida malum qilgan edi. Mana, oradan hech qancha vaqt otmasdan davlatimiz rahbarining davlat organlari va boshqa tashkilotlarning fuqarolar bilan bevosita ishlashga otishi, ularning xalqqa, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlariga yaqin komakchi bolishi, Oliy Majlisga murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosini taminlashga qaratilganAholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni qabul qilindi.Xosh, bu farmonning qabul qilinishi qanday sabab-omillar bilan bogliq? Mazkur sohadagi qanday muammolar mazkur hujjatga asos boldi? Ushbu yonalishdagi ozgarishlar qaysi jihatlarda namoyon boladi?Farmon muqaddimasida qayd etib otilganidek, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga keyingi ikki yil mobaynida 2,5 milliondan ortiq murojaatlar kelib tushgani, Respublika ishchi guruhlari tomonidan uyma-uy yurish, ijtimoiy soha va boshqa obyektlarni organish natijasida yana 1,1 milliondan ortiq turli muammolar aniqlangani joylarda yechimini kutayotgan masalalar kopligini, ayrimlari orta va quyi bogindagi tashkilotlar darajasida hal etilmayotganini korsatmoqda.Aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish boyicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilinganda bir qator kamchiliklar mavjud ekani malum boldi.Avvalo, murojaatlar bilan ishlashning amaldagi tizimi aholining mavjud muammolarini toliq qamrab olish va tezkorlik bilan hal qilish imkonini bermayotganini takidlash joiz. Aniqlangan muammolarni tizimli tahlil qilish va hal etishda Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Xalq qabulxonalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishning yagona mexanizmi mavjud emasligi barcha boginning butun bir organizm kabi ozaro uygun ishlashiga imkoniyat bermayapti. Shu bois ham tegishli ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar, joylarda aniqlangan boshqa muammolar yetarli darajada aks ettirilmayapti. Boz ustiga, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari aholi bilan bevosita muloqot qilish, uyma-uy yurish orqali muammolarni aniqlash va hal etishga, zimmasiga yuklatilgan vazifalarning toliq va sifatli bajarishga yetarli etibor qaratmayapti.Ana shu jihatlarni etiborga olgan holdaPrezident farmoniga muvofiq 2019-yil 1-fevraldan boshlab Xalq qabulxonalarining aholi murojaatlari bilan ishlash boyicha amaldagi tizimi bilan bir qatorda,Xalq qabulxonalarining muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilishini, davlat organlarining aholi bilan bevosita ishlashini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy qilinmoqda.Mazkur yangi tizimningbirinchioziga xos shundaki, bundan buyon Xalq qabulxonalari hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boyicha sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikdauyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni organish orqali muammolarni aniqlaydi hamda hal qilinishini taminlaydi. Yani, endi Xalq qabulxonalari murojaat kelib tushishini kutib otirmaydi, ozi masul bolgan hududda mavjud bolgan muammolarni uyma-uy, obyektma-obyekt yurgan holda aniqlaydi.Mazkur yangi tizim joriy etilishining asosiy sababi murojaatlar bilan ishlashning amaldagi tizimi aholining mavjud muammolarini toliq qamrab olish va tezkorlik bilan hal qilish imkonini bermayotgani bilan bogliq. Chunki barcha davlat organlari kabi Xalq qabulxonalari ham oz faoliyatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va korib chiqish amaliyotidan foydalanib kelmoqda. Bu esa faqat murojaat tufayli yuzaga qalqib chiqqan muammolarnigina royxatga olish hamda u yoki bu tarzda munosabat bildirish imkonini beradi, xolos.Nega deganda, odam ariza yoki shikoyat bilan murojaat qilmasa, bu unda umuman muammo yoq, degani emas. Ayniqsa, sabr-qanoat va shukronalikni hayot mazmuni, oriyatu gururni ulug qadriyat darajasida ezozlaydigan xalqimiz ortasida dardu-tashvish qiynab turgan bolsa-da, bu haqda mahalla-koy, mutasaddi idora va tashkilotlarga murojaat qilishni oziga ep kormaydigan, istihola qiladiganlar kop. Shu bois ham davlatimiz rahbarining goyasi va tashabbusi bilan mamlakatimizda xalq bilan muloqot qilish, murojaatlar bilan ishlash va aholi muammolarni hal etish sohasida yangi davrga qadam qoyilmoqda.Yuqorida aytib otilganidek, bundan buyon davlat organlari Xalq qabulxonalari boshchiligida ozlari masul bolgan hududlarda mahallama-mahalla, kochama-kocha, uyma-uy yurib, har bir xonadon, har bir oila muammolarini organib, ularni hal qilish choralarini koradi. Kasalni davolagandan kora, uning oldini olgan afzal deganlaridek, muammo haqida kimdir murojaat qilib kelishini kutib otirmasdan, xalq ichiga, odamlar orasiga chuqur kirib borib, ular duch kelayotgan muammolarni erta aniqlab, hal qilish yangi tizimdan kozlangan bosh maqsad hisoblanadi.Binobarin, bevosita muloqot, yuzma-yuz uchrashuvlarning tasir kuchi yanada koproq bolib, bunday jonli suhbatlar jarayonida qogozlarga sigmay qolgan tafsilotlar oydinlashadi, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz u yoki bu masalaga daxldor yangi va qoshimcha malumotlarni aniqlashtirib olish imkoniyati katta boladi.Yana ham muhim bir jihat borki, bu haqda alohida aytib otish ayni muddaodir. U ham bolsa, bunday ish tizimi nainki odamlarning muammolarini aniqlash va hal qilishda, balki ularning yurtimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar haqidagi fikr-mulohazalarini organish, davlatimiz va jamiyatimizni har tomonlama rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalarini jamlashda ham tasirchan vositaga aylanadi.Mazkur farmonda belgilanganyana bir yangilik tuman va shaharlardagiXalq qabulxonalari boshchilik qiladigan sektorlar shtablari azolaridan iborat ishchi guruhlar hududlarni mahalla va xonadonlar, oilalar kesimida tahlil qilib, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidanqisqa bir yillikvaorta muddatli manzilli tadbirlar rejalarinishakllantiradi.Tuman va shaharlar hokimliklari, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi qisqa muddatli bir yilga moljallangan manzilli tadbirlar rejalariijrosini taminlaydi. Xalq qabulxonalari va Prezident Administratsiyasi bolinmalari esa mazkur tadbirlar rejalari ijrosini nazorat qiladi.Orta muddatli manzilli tadbirlar rejalari, shuningdek, Prezident virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarda aks etgan tizimli muammolar davlat investitsiya dasturlari, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi hududiy, tarmoq va davlat dasturlarini, xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalarni ishlab chiqishda inobatga olinadi. Ushbu dastur va loyihalar Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boyicha maslahatchisi bolinmalari bilan kelishiladi. Yani, bundan buyon turli dastur va loyihalar bevosita odamlar yollagan murojaatlar tahlili, real hayot manzarasini inobatga olgan holda tayyorlanadi.Farmonda belgilab qoyilganidek, Xalq qabulxonalari hududlardagi ijtimoiy muhitni organish, aholi muammolarini hal qilish jarayoniga jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari va boshqa tegishli tashkilotlarni jalb qilgan holdaochiqlik, shaffoflik va xolislikni taminlashchoralarini koradi.BugunObod qishloqvaObod mahalladasturlari mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Mazkur dasturlar amalda ozining kutilgan natijasini berishi uchun ularga, birinchi navbatda, eng ogir va murakkab sharoitda bolgan aholi punktlarini kiritish har tomonlama togri va adolatli boladi. Shu masalada real manzarani aniqlab olish uchun esa Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlarni chuqur tahlil qilish obyektiv xulosa chiqarishda hal qiluvchi orin tutadi. Shu bois davlatimiz rahbari farmoniga kora, endilikda Obod qishloq va Obod mahalla dasturlari doirasida qurilish-tamirlash va obodonlashtirish-kokalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladigan aholi punktlari royxati Xalq qabulxonalari bilan kelishilgan holda shakllantirishi belgilangani avvalambor eng ogir va murakkab ahvolda bolgan aholi maskanlariga etibor qaratish imkonini beradi.Prezident farmonida oz ifodasini topgan yana bir prinsipial yangilik Xalq qabulxonalari sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan tegishli Xalq deputatlari kengashlari majlisida muhokama qilish uchun har chorakda axborot kiritishi hamda ushbu axborot yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hisoboti eshitilishi belgilab qoyilganidir. Mazkur tasirchan huquqiy mexanizm hududlarda murojaatlar bilan ishlash borasida masuliyat yanada kuchayishi, xato va kamchiliklar kamayishiga xizmat qiladi, turli darajadagi rahbarlarning xalq oldida hisobot berish tizimi hayotiy samara berishiga yangi bir turtki boladi.Hududlarni organish jarayonida aniqlangan va respublika darajasida hal etiladigan muammolar togrisidagi malumotlar Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boyicha maslahatchisi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga hal qilish uchun kiritiladi.Prezident Farmoni bilan Xalq qabulxonalariga bir qatorqoshimcha vazifalarham yuklatildi. Xususan, endi Prezident Xalq qabulxonalari sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni organish orqali ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash va hal qilish borasidagi faoliyatini doimiy ravishda muvofiqlashtirib boradi.Xalq qabulxonalariga hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ommaviy va sayyor qabullar otkazish tizimini muvofiqlashtirish va nazorat qilish vazifasi yuklatilgani esa sohaga doir qonun hujjatlarining hamma joyda bir xilda bajarilishining qoshimcha kafolati boladi, fuqarolar qabullari samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.Yana bir muhim jihati, farmon asosida Xalq qabulxonalari mahallalar hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholash hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi hududiy, tarmoq va davlat dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilishda ishtirok etishi bu jarayonlarda avvalambor murojaatlarda kotarilgan hamda uyma-uy yurish paytida malum bolgan muammolar yechimi aks ettirilishi uchun puxta zamin yaratadi.Farmonda Xalq qabulxonalarining doimiy etibor markazida bolib kelayotgan dolzarb ijtimoiy masala nogironligi bolgan shaxslar, kam taminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga komaklashish masalasi yuzasidan ham masuliyatli vazifa yuklatilgan. Bundan buyon davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mazkur yonalishdagi ishlari Xalq qabulxonalari tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.Davlatimiz rahbarining 2017-yil 12-dekabrda qabul qilingan Aholiga davlat xizmatlari korsatishning milliy tizmini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari togrisidagi farmonida belgilab qoyilgan norma mazkur yangi farmonda yanada rivojlantirilgan. Yani, bundan buyon Xalq qabulxonalari davlat xizmatlari korsatish bilan bogliq barcha faoliyatni muvofiqlashtiradi.Xalq qabulxonalari ozining faoliyat yonalishlari boyicha jamoat va nodavlat-notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilishi yuzasidan belgilab qoyilgan vazifalar ular faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni taminlash, amalga oshirilayotgan keng kolamli ishlardan jamoatchilikni muntazam xabardor qilishda yangi imkoniyatlarni yaratib beradi.Yuqorida qayd etib otilgan keng kolamdagi dolzarb vazifalarni bajarish shunga mutanosib maqom va huquqlarga ega bolishni ham talab etadi, albatta. Farmonda masalaning ana shu amaliy jihatlari oz yechimini topgan Xalq qabulxonalariga bir qatorhuquqlar berilib, katta imkoniyatlar yaratilgan.Birinchidan,Xalq qabulxonalari sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning uyma-uy yurish, murojaatlar bilan ishlash, ijtimoiy va boshqa obyektlarda aniqlangan muammolarni hal qilish borasidagi faoliyatini tizimli organish, korib chiqilishi majburiy bolgan taqdimnomalar kiritish, shuningdek, sektorlar faoliyatini baholashda ishtirok etadi.Ikkinchidan,Xalq qabulxonalariga sektorlar shtabi tarkibiga kiritilgan davlat organlari hududiy bolinmalarining mansabdor shaxslari va xodimlarini ragbatlantirish yoki yol qoyilgan jiddiy kamchiliklar uchun ularni lavozimidan ozod etishgacha bolgan intizomiy javobgarlikka tortish boyicha yuqori turuvchi davlat organlariga takliflar kiritish huquqi berilmoqda.Uchinchidan,davlat organlari va boshqa tashkilotlardan oz faoliyati uchun zarur bolgan axborot hamda hujjatlarni sorash va olish, ularning mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega boldi.Tortinchidan,davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ular faoliyati va korsatadigan xizmatlariga oid tartib-qoidalarning aholiga toliq va tezkor yetkazilishini taminlashga qaratilgan choralar korish huquqi berildi.Oz-ozidan ravshanki, bildirilgan bunday yuksak ishonchni oqlash, berilgan huquq va vakolatlardan faqat va faqat qonun doirasida, xalq va davlat manfaatlari yolida foydalanish Xalq qabulxonalari xodimlarining ham insoniy, ham fuqarolik, ham davlat xizmatchisi sifatidagi muqaddas burchi sanaladi. Shu bilan bir qatorda, ularning qonun asosida, xolis va adolatli faoliyat yuritishi uchun zarur huquqiy va tashkiliy zamin yaratilishi muhim amaliy ahamiyatga ega vazifa hisoblanadi. Shu munosabat bilan Farmonda mazkur masalaga alohida etibor qaratilib, Xalq qabulxonalari masul xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod etishning yangi tartibi belgilangan.Unga kora, Prezidentning Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari mudirlari Ozbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan Prezident Administratsiyasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.Prezidentning tuman va shaharlardagi Xalq qabulxonalari mudirlari Prezident Administratsiyasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.Xalq qabulxonalarining boshqa xodimlari Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boyicha maslahatchisi bolinmalari bilan kelishilgan holda Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.Xalq qabulxonalarining boshqaruv xodimlari Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining xodimlari hisoblanadi.Farmonda shuningdek Xalq qabulxonalari moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, xodimlarning oylik maoshlarini sezilarli darajada oshirish, xizmat avtotransport vositalari bilan taminlash, faoliyatida yuqori korsatkichlarga erishgan xodimlarni moddiy va manaviy ragbatlantirib borish yuzasidan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish kozda tutilgan.Kadrlar masalasi haqida soz borar ekan, Xalq qabulxonalarining kadrlari tarkibini aholi bilan bevosita ishlash uchun zarur bolgan bilimga, tashkilotchilik va tahlil qilish qobiliyatiga, yuksak manaviy-axloqiy va psixologik fazilatlarga ega bolgan malakali mutaxassislar bilan taminlash, ularning muntazam ravishda malaka oshirishini yolga qoyish vazifalari belgilangani muhim ahamiyatga ega. Misol uchun, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan birgalikda Xalq qabulxonalari xodimlari uchun maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.Shular qatorida Xalq qabulxonalarining yangilangan nizomi, ularning sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan ozaro hamkorligi tartibi, Xalq qabulxonalari faoliyatini baholash tartibi va mezonlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi. Misol uchun, Xalq qabulxonalarining aholi muammolari bilan ishlash samaradorligi indeksini aniqlashda uyma-uy yurish orqali organib chiqilgan uy xojaliklari, ijtimoiy va boshqa obyektlar, muammolarni hudud darajasida hal etilishi holati, respublika darajasida hal etilishi belgilangan muammolarni hal etish uchun zarur choralar korish darajasi, muammoni hal etishning ortacha muddati kabi mezonlarga tayanilishi rejalashtirilgan.Prezident farmonidan kelib chiqadigan vazifalarni ijro etish asnosida endi mahallalar hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holati konkret mahalladagi ijtimoiy infratuzilmalar, iqtisodiy vaziyat, ijtimoiy muhit, ijtimoiy soha obyektlarining holatidan kelib chiqib, namunali, yaxshi va qoniqarsiz toifalarga ajratilgan holda baholanadi. Bu shundan dalolat beradiki, endilikda turli dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda birinchi navbatda eng ogir hududlarga etibor qaratilib, muammolarni yechish chora-tadbirlari koriladi.Farmon bilan Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boyicha maslahatchisi bolinmalariga aholining ijtimoiy muammolarini aniqlash va hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning hududlarda amalga oshirilishini, shu jumladan,2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yonalishlari boyicha belgilangan vazifalarning bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilib borish vazifasi yuklatildi.Vazirlar Mahkamasiga Obod qishloq, Obod mahalla, Yoshlar kelajagimiz!, Har bir oila tadbirkor va boshqa davlat dasturlari ijrosi togrisidagi malumotlarni har chorakda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boyicha maslahatchisi bolinmalariga taqdim qilib borilishi hamda uy-joylar, yol qurilishi, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi tarmoqlari, kanalizatsiya va boshqa kommunal xojalik obyektlari, ijtimoiy soha maskanlarini qurish va tamirlash reja-dasturlari hamda boshqa davlat dasturlari, shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilish uchun ajratilgan mablaglar togrisidagi malumotlarni Ozbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida tuman va shahar kesimida joylashtirilishi va muntazam ravishda yangilab borilishini taminlash boyicha aniq korsatmalar berilgan.Farmonda yana bir muhim masala yechimi korsatib otilgani katta amaliy ahamiyatga egadir. Unga kora Hudud axborot tizimi yanada takomillashtirilib, unga barcha Xalq qabulxonalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar integratsiya qilinadi. Natijada Xalq qabulxonalari xodimlari, sektorlar shtablari azolari qogoz korinishida turli hujjatlarni toldirish, yuritish, rasmiylashtirish, saqlash kabi ishlardan xalos bolib, asosiy vaqtini fuqarolar bilan koproq bevosita muloqot qilish, muammolarni joyida organish uchun uzoq hududlarga chiqish ishlariga safarbar etadi.Mazkur tadbirning mantiqiy davomi sifatida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududiy bolimlari faoliyati hamda ular korsatadigan xizmatlarga oid tartib-qoidalar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, mobil ilovalar, veb-saytlar, elektron tolov vositalari orqali aholiga toliq va tezkor yetkazilishini taminlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilishi fuqarolarimizning ham vaqtini, ham mablagini tejashga xizmat qiladi.Shu bilan bir qatorda, 2019-yilning 1-iyuliga qadar barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning viloyat bolinmalari veb-saytlarini, 2020-yilning 1-yanvariga qadar tuman va shahar bolinmalari veb-saytlarini tashkil qilish vazifasi qoyilgani fuqarolarning davlat organlarining hududiy bolinmalariga bevosita elektron tarzda murojaat qilish imkoniyatini yaratadi.Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak.Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan va bugun hayotimizdan tobora chuqurroq orin olayotgan ushbu tamoyil yurtdoshlarimizning hayotdan rozi bolib yashashiga zamin yaratmoqda. Bugun poytaxt Toshkent shahridan to mamlakatimizning eng uzoq hududida yashayotgan yurtdoshimizga qadar islohotlarning real natijasini oz hayotida kora boshlagani, bu yangilanishlar minglab oilalar hayoti, millionlab insonlarning ongi, qalbi va dunyoqarashi ozgarishiga ham turtki bolayotgani buning yaqqol isbotidir. Prezidentimizning Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni Xalq qabulxonalari faoliyatini yangi bosqichga kotarishi barobarida islohotlarning tasirchanligini yanada oshirishga, xalqimizning hayotdan rozi bolishi uchun yanada keng imkoniyat va shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishi shubhasiz.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0