Shavkat Mirziyoyev: Ozbekistonda Milliy xavfsizlik xizmati togrisidagi qonun ishlab chiqiladi

Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi azolariga 2017-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va Ozbekiston Respublikasini 2018-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yonalishlariga bagishlangan Murojaatnomasiga bagishlangan anjuman davom etmoqda, deb xabar berdi OzA. Foto: Prezident matbuot xizmatiMilliy xavfsizlik xizmati idoralari bugungi kungacha 26 yil avval hukumat tasdiqlagan Nizom asosida faoliyat korsatib kelmoqda. Bu Nizomga chorak asr davomida tegilmaganligi va har qanday oddiy masala ham milliy xavfsizlikka tahdid deb baholab kelinganligi ushbu idora vakolatlarining asossiz kengayib ketishiga sabab bolgan.Dunyoning bazi mintaqalarida yuzaga kelgan notinch vaziyat aholi migratsiyasi kuchayishiga, bu esa, oz navbatida terrorizm va ekstremizm tarqalishiga hamda bu illatlar global muammolardan biriga aylanishiga olib kelmoqda.Bunday vaziyatda milliy davlatchiligimiz, mustaqilligimiz, aholimizning tinch va osoyishta hayoti va xavfsizligimizni saqlash biz uchun eng ustuvor vazifaga aylanib bormoqda. Aynan shu nuqtai nazardan va globallashuv davrining barcha tahdidlarini inobatga olgan holda Milliy xavfsizlik xizmati idoralari faoliyatini ham isloh qilish vaqti keldi.Shavkat Mirziyoyev, Ozbekiston PrezidentiOzbekiston Prezidenti shu munosabat bilan Huquqni muhofaza qiluvchi organlar togrisidagi va Milliy xavfsizlik xizmati togrisidagi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishni taklif etdi. dle 11.2
0