Войти
Закрыть

Oilaviy muammolar, shaxslar o'rtasidagi nizoli vaziyat, nomus masalasi.

Yangiliklar


"Amirxon Umarov shousi" ijodkorlari yuqoridagi mavzular yechimi bo'yicha doim harakatda. Kelasi hafta uchun tayyorlab qo'yilgan yangiliklar talay. Qaynota va kelin muojarosi, ijtimoiy tarmoqlarda ommalashga mavzular efir yuzini kutyabti. Bu haftadagi qahramonlar koʻpchilikning gʻazabi chiqishiga sabab boʻlishi mumkin! Ammo xulosa chiqarishga shoshilmang.

Kino ko'rishga vaqtingiz bo'lmasa sizni "Kino VAQTI"ga taklif qilamiz.

Yangiliklar


O'z olamingizdan Kino olamiga sayohat qilishni xohlaysizmi? Bunday imkoniyatni sizga Mohira Yo'ldosheva va "Kino VAQTI" ko'rsatuvi taqdim etadi. Kinodagi xatoliklar, filmning yaratilishidan tortib uning dunyo ekranlariga chiqishigacha bo'lgan vaqt oralig'idagi mehnat, dunyo va o'zimizning filmlar, bundan tashqari kino va treyler tahlili bilan sizni har safar hayratda qoldirishga shaymiz.
Dam olish kuningizning 20 daqiqasini biz uchun band qilib qo'ying. Biz tez orada boshlaymiz.

Siz bilgan va siz sevgan "Markaziy studiya" informatsion shousi davom etadi

Yangiliklar


Aktual mavzularga doimgidek xolis nazar. O'zgacha uslubdagi reportajlar, kunning muhim va tezkor xabarlari, jamiyat rivojiga o'z hissasini qo'shayotgan insonlar bilan suhbatlar, bularning barini "Markaziy studiya" informatsion shousida tomosha qilishingiz mumkin.
Sportga qiziquvchi yurtdoshlarimiz uchun sport sahifasida ham qaynoq yangiliklar bisyor. Shuningdek, texnika-texnologiya olamidagi yangiliklar va xorij maydonida ro’y berayotgan hodisalar haqida ham ma’lumot olish imkoniyati sizda bor.
Dushanbadan jumagacha soat 20:00 da jonli efirda “Markaziy studiya”ni o’tkazib yubormang! Ma’lumot uchun, takroran har kuni tonggi 07:00 da ham tomosha qilishingiz mumkin!

"NonStop" ijodkorlari sizga yangilik tayyorlashdi

Yangiliklar



«Assalomu alaykum, harakatdan to‘xtamaslikni sevuvchilar. Yaxshimisiz?» deya boshlanuv-chi “NonStop” ko'rsatuvi yana xonadoningiz mehmoni! Bu sonda hech qaysi muxbirning lavhasi efirga uzatilmaydi. «Iya, hech qaysi muxbir lavha tayyorlamagan bo'lsa, ko'rib nima qilamiz», deyotganlar diqqatiga: BIROZ SHOSHMANG! “NonStop” ijodkorlari sizga yangilik tayyorlashdi. Xa aytgancha, bizning dasturimizni DIQQAT bilan kuzatsangiz ajoyib sovg'aga ega bo'lishingiz mumkin. Buning uchun yakshanba soat 16:00da «Mening yurtim» telekanalida “NonStop” ko'rsatuvini o'tkazib yubormang!

"Muz IQ"ni hafta davomida kuzatib boring

Yangiliklar



Sanoqli musiqiy top reytinglar orasida ”Mening yurtim” telekanali orqali efirga uzatiladigan «Muz IQ» dasturi kar shanba xonadoningiz mehmoni. Eng sara musiqalar va ularga ishlangan kliplar namoyishini berilgan ovozlarni hisoblagan holda namoyish etish shunchaki amalga oshirilmaydi. Instagramdagi @MY5TV sahifamizga joylangan 10 ta klipdan musiqiy parchaga 7 kun davomida Yig'ilgan «Like»lar hisoblanib, reyting natijalari dastur davomida eʼlon qilinadi. Xa aytgancha, BIZda shunchaki kliplar ketma-ketlikda joylanib borilmaydi, balki har bir klip oldidan mavzuga oid qiziqarli faktlarni kam tinglab, bo'sh vaqtingizni unumli o'tkazishingiz mumkin. Xar hafta turli mavzudagi kliplar to'plami va qiziqarli maʼlumotlar sizni kutmoqda. Kliplar kar safar turli mavzular asosida tanlanadi. Didingizga mos sanʼatkor va klipga ovoz berishni unutmang.

"Bozoringizni bersin"da avtomobil yutishni istaysizmi?

Yangiliklar


Kutilmagan voqea-hodisalarga boy bo‘lgan «Bozoringizni bersin» tele o‘yini siz, teletomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlashda davom etadi. Xar safar 2 ta dan 4 nafargacha bo‘lgan ishtirokchilar o‘zlari uchun boshlovchilar orasidan sherik tanlab, rastalardagi mahsulotlarni xarid qilish orqali savatchalarini to‘ldiradilar. Mahsulotlar kassaga yetib kelganida esa qadoq ichidan chiqadigan qimmatbaho sovg‘alar, maishiy texnika vositalari o‘z egalari xisobiga o‘tadi. Ikki ishtirokchidan biriga esa albatta «Damas» avtomobili super yutuq sifatida chiqadi. Xa-Xa, bu juda qiziq va ishonish qiyin bo‘lgan holat. Shu kunga qadar teleo‘yinda ko‘plab avtomobillar o‘ynaldi. Siz xam o‘yin ishtirokchisiga aylanishingiz mumkin. Buning uchun «Lazzet» brendi ostidagi istalgan oziq-ovqat mahsulotlaridan birini xarid qilib, unda ko‘rsatilgan kodni 2030 qisqa raqamiga yuboring. Ajab emas, sizga ham avtomobil va ko‘plab maishiy texnikalar nasib etsa. Keling, yaxshisi, barchasiga o‘zingiz guvoh bo‘ling. Buning uchun har shanba soat 20:00 da “MY5” telekanaliga sozlaning.

Yulduzlik sari

Ko'rsatuvlar / Prodakshn mahsuloti

Vine time

Ko'rsatuvlar / Prodakshn mahsuloti

The best chef

Ko'rsatuvlar / Prodakshn mahsuloti

Tedbook

Ko'rsatuvlar / Prodakshn mahsuloti

В будущее В прошлое

Навигация